EL XIZMATIGA ŞAYMIZ
Men tibbiyot sohasi xodimiman. Bu borada xalqimizga sifatli xizmat körsatişga intilişlarim va ovulimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, tibbiy madaniyatni yuksaltirişga qöşayotgan hissamni inobatga olgan holda 2014-yil 21-dekabrda bölib ötgan saylovda 25-Tölqin saylov okrugi saylovçilari meni xalq deputatlari tumani Kengaşiga deputat qilib saylaşdi. Kengaşning mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiya aʼzosi böldim. Saylovçilar bilan har oyning oxirgi şanba kunlari uçraşuvlar ötkazib, qonunlar va qarorlarni hayotga tadbiq etişga hissa qöşişga, muammolarni joyida hal qilişga harakat qilayapman.
Maʼlumki, xalq deputatlari tuman, şahar va viloyat Kengaşi deputatlari mahalliy Kengaşlar sessiyalariga taşabbuslar bilan çiqiş, elektorat manfaatlarini himoyalaşga qaratilgan masalalarga ijro hokimiyati eʼtiborini jalb qiliş hamda amaldagi qonunlar, Prezident Farmoni va Qarorlari, Davlat dasturlarining joylardagi ijrosini taʼminlaş, joylardagi ijro hokimiyati faoliyati ustidan deputatlik nazorati ötkaziş vakolatiga ega. Bundan foydalanib, hudud infratuzilmasini yaxşilaşga, kommunal sohadagi kamçiliklarni bartaraf etişga, yoşlarni iş örinlari bilan taʼminlaşga kömaklaşişga intilayapman.
Saylovçilar bilan uçraşuv yiğilişlarimda bir qança muammoli masalalarni hal qiliş borasida takliflar bildirildi: "Tölqin” ovuli markazida 15 metr kvadrat bölgan köl mavjud bölib, kun isişi bilan bu köldan çiqadigan badböy hiddan hududdagi 30 dan ortiq xonadonda yaşovçi aholi aziyat çekib kelayotganini, mavjud kölni tozalaş, dezinfektsiya qiliş yoki butunlay kömib taşlaş masalasini hamda Tölqin ovulidagi 33-sonli maktabga qatnovçi öquvçilar yölakça yöqligi sababli katta asfalt yöldan yurişga majbur bölayotganligi, bu öquvçi bolalar hayoti uçun xavf tuğdirayotganligi sababli mazkur muammoni hal qiliş uçun uzunligi 500 metrlik yölakça qurilişiga eʼtibor qaratiş zarurligini tegişli taşkilotlarga maʼlum qildim va ijobiy hal qilişga intilayapman.
"Iftixor-dent” xususiy klinikasi 2012-yilda qurilib, işga tuşirilgan. Klinikamiz barça sanitariya va zamon talablariga javob beradigan holda qurilib, xorijdan keltirilgan eng sönggi rusumdagi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.
Ilgari klinikamizda 4 nafar tibbiyot xodimi faoliyat körsatgan bölsa, yangi bino işga tuşirilgandan keyin yana 10 iş örni yaratilib, hozirgi kunda 14 nafar tibbiyot xodimi xalqqa sifatli xizmat körsatib kelmoqdalar.
Bugungi kunda klinikamiz tomonidan aholiga stomatologiyaning terapiya, xirurgiya va ortopediya sohalari böyiça xizmat körsatilib kelinmoqda. Klinikamiz xodimlari doimiy ravişda öz malakalarini oşirib borişga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.Klinikamizda Nukus şahrida joylaşgan filial bilan birga kuniga 40-45 nafar bemorlarga malakali tibbiy yordam körsatib kelinmoqda.
Tumanimiz aholisiga körsatiladigan xizmat sifatini yanada yaxşilaşga harakat qilmoqdamiz.
Adilboy YuSUPOV, "Iftixor-dent” xususiy klinikasi rahbari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶