EL XIZMATIGA KAMARBASTA
Tumanimizda faoliyat boşlagan ovul, mahallalardagi xotin-qizlar faollari öz zimmalaridagi masʼuliyatli va dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlaş borasida tizimli işlarni amalga oşirmoqdalar.
Tumanimizning çekka hududi bölgan Qumyop mahallasida 714 ta xonadonda 4653 nafar aholi istiqomat qiladi.
Mahalla xotin-qizlar faoli Roza Qonarboyeva va yiğin masʼullari yil boşida ötkazgan xatlov natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 93 nafar ayollar 3-bosqiç “Ayollar daftari”ga kiritildi. Ularning 33 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj, 9 nafari işsiz, tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagi bor, 15 nafari boquvçisini yöqotgan, ehtiyojmand ayollar, 17 nafari nogironligi bölgan ayollar, 2 nafari uy-joyga muhtoj ayollar, 17 nafari qaramoğida nogiron farzandlari bor ehtiyojmand ayollar sifatida alohida-alohida ajratib daftarga qayd etildi va muntazam xabar olinayapti hamda moddiy qöllab-quvvatlanayapti. 3 nafarining uy-joyi taʼmirlab berildi, 6 nafar ayol imtiyozli kredit evaziga tadbirkorlik faoliyatini yölga qöydi va özini özi band qildi, 6 nafar ayol haq tölanadigan jamoat işiga jalb qilindi.
Mahalla tinç-osoyiştaligiga erişiş, özaro döstona qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, oilalarning mustahkamligiga erişiş maqsadida turli maʼnaviy-madaniy tadbirlar ötkazilayapti.
Keyingi yillarda töy-marosimlarning ortiqça sarf-xarajatlar bilan ötkazilayotgani, dabdababozlik, isrofgarçilikka yöl qöyilayotgani bu borada aholi orasida jiddiy tarğibot olib borişni taqozo etmoqda. Şundan kelib çiqib, R.Qonarboyeva mahalla nuroniylari iştirokida ibratli işlarni amalga oşirayapti. Soğlom turmuş tarzi, oilalarni mustahkamlaş keng tarğib etilayotgani natijasida oilaviy ajrimlar sodir bölmadi.
Mahalla faollari G.Nazarova, M.Yaxşimovalar va hududdagi ulkan hayotiy tajribaga ega nuroniy onaxonlar Rozaxon opaga kömakdoş bölişayapti.
Qumyop mahallasiga Çimboy tumanidan kelin bölgan, millati qozoq bölsa-da, mahallada yaşovçi aholining katta yoşlilariga qiz, kiçik yoşdagilarga opa, çeça bölib, el bölib ketgan oliy maʼlumotli öqituvçi mutaxassisligiga ega R.Qonarboyevaning hali mahallada amalga oşirişni rejalaştirayotgan işlari köp. Harakatda – barakat, deydi xalqimiz.
Ha, intilgan kam bölmaydi. Biz Roza Qonarbayevaning el xizmatiga kamarbasta bölib yuraverişini tilab qolamiz.
Sevara Ismoilova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶