14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:18
Jamiyat 👁 879

YoSh AVLOD TAʼLIM-TARBIYaSI YOʻLIDA KAMARBASTAMIZ

YoSh AVLOD TAʼLIM-TARBIYaSI YOʻLIDA KAMARBASTAMIZ

Maktabgacha taʼlim sohasi taʼlimning eng dastlabki va asosiy bosqichi hisoblanadi. Chunki kelajagimiz boʻlgan yosh avlod eng avvalo shu maskanda taʼlim-tarbiya oladi, har tomonlama rivojlanadi hamda kelajak uchun oʻzining ilk qadamlarini qoʻyadi.

Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sohada yangi tizim yaratildi.

Yangi vazirlik oldiga maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalari davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish, bu borada sogʻlom raqobatni qoʻllab-quvvatlash, MTMlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, MTMlarga bolalarni qamrab olish darajasini oshirish va ularni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash vazifalari qoʻyildi.

Shu maqsadda tumanimizda yangi tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim boʻlimi MTMlarni kichkintoy bolajonlarga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va koʻnikmalarni oʻrgatadigan maskanga aylantirishga va bunday muassasalar sonini koʻpaytirishga intilmoqda.

Boisi, qaysi sohani olib qaramaylik, yetuk va bilimdon kadrlar salohiyati yutuqlarga asos boʻlayotganini koʻrishimiz mumkin.

Biz ana shunday istiqboli porloq kadrlar tayyorlashni bolaning maktabgacha taʼlim tizimidan boshlasak, albatta, niyatimizga yetamiz. Axir maktabgacha taʼlim tizimi uzluksiz taʼlimning ilk va eng asosiy boʻgʻini hisoblanadi.

Tuman Davlat xizmatlari markazida “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish va navbatga qoʻyish boʻyicha elektron dastur”ning joriy etilgani farzandlarini MTMlarga joylashtirish yoki biridan ikkinchisiga koʻchirish istagida boʻlgan ota-onalar uchun yana bir qulaylik boʻldi.

Bundan tashqari, tumanimizda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishlari, ularning sogʻlom ovqatlanishi hamda jismonan va ruhan yetuk boʻlib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Maktabgacha taʼlim muassasalarini malakali pedagog xodimlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi kasbi nihoyatda masʼuliyatli, mashaqqatli kasbdir. Chunki, ular tarbiyalanuvchilarning har tomonlama yetuk, barkamol va sogʻlom boʻlib tarbiyalanishida masʼul boʻlib hisoblanadi.

Yurtimizda 1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu fursatdan foydalanib, nafaqat tumanimizdagi, balki yurtimizdagi barcha oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ularning mashaqqatli va masʼuliyatli ishlarida muvaffaqiyat, oilalariga tinchlik-totuvlik, tani sogʻliq, kuch-gʻayrat va shijoat tilab qolaman. Hamisha qaddingiz va qadringiz baland boʻlsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Oʻktam QOʻShNAZAROV,

tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019