YuRT XIZMATIGA KAMARBASTA BÖLIŞ – INSONIY FAZILAT
Aziz yurtimiz öz mustaqilligiga erişib, ota-bobolarimizning azaliy orzu-umidlari röyobga çiqdi. Mustaqillik şarofati sabab bugun yurtimiz obod, oilalarimiz tinç.
Vatanga muhabbat har bir insonga xos tuyğudir. Çindan ham yurtimiz, qolaversa, butun dunyo tarixiga bir nazar solsak, Vatanga muhabbat tuyğulari rivojlangan joyda har taraflama bunyodkorlik, obodonçilik, tökinlik, möl-köllik va farovon turmuşning guvohi bölamiz. Umar ibn Hattob (roziyallohu anhu): «Alloh taolo yurtlarni Vatan muhabbati bilan obod qildi»,–deganlar. Va yana: «Agar Vatan muhabbati bölmaganida yurtlar xarob bölardi», – deganlar.
Zotan, insonning öz Vataniga, yaşab turgan göşasiga mehr-muhabbati bölmasa, heç qaçon özi yaşab turgan joyda har taraflama qulay şart-şaroitlar va imkoniyatlar bölişiga eʼtibor bermaydi. Bunday insonlar uçun nafaqat Vatan tuyğusi, balki boşqa barça ijobiy hissiyot va muqaddas tuyğular begonadir. Bundaylar uçun Vatan degan tuşunçaning heç qanday ahamiyati yöq. Bu holat esa bizning şariatimizda qattiq qoralanadi. Aksinça, dinimizda Vatan va unga boğliq bölgan qadriyatlarni asrab-avaylaş, himoya qiliş madh etiladi, hatto bu borada qilingan harakatlar va şu yölda jon fido qiliş oxiratda buyuk maqomlarga erişiş uçun vosita ekani zikr qilinadi.
Mana, har yili mustaqillik tadbirlarini ötkazişdagi ramziy şior barça yurtdoşlarimizning qalbida aks-sado beradi. Eng uluğ, eng aziz bayramning qutluğ 27 yilligi arafasidagi «Aziz va yagonamsan, jonajon Özbekistonim!» ezgu şiori ham teran mazmunga ega.
Unda ifodalangan sözlar bizni fidoyilikka, vatanparvarlikka undab turadi. Şayx Muhammad Ğazzoliy aytgan ekanlar: «Inson özi tuğilib-ösgan yurtni, undagi barça narsalarni sevadi, garçi u joy odam yaşamaydigan sahro bölsa ham. Vatanni seviş inson qalbidagi asl, tuğma tabiatdir. Uşbu tuğma tabiat insonni Vatanida yaşab turganda xotirjam qiladi, undan yiroqda bölganda esa soğintiradi, unga hujum qilinganda uni himoya qiladigan, hurmatsizlik qilinganda ğazablanadigan qilib qöyadi».
Imom Ğazzoliyning uşbu hikmatli sözlaridan Vatanni seviş insonning tuğma tabiati, insoniylik fitratida bor xislat ekani maʼlum böladi.
Vatan obodligi – taraqqiyot hamda yuksalişlarning asosidir.
Ha, bu yil qutluğ bayramga tayyorgarlik özgaça. Odamlarimizning kayfiyati çoğ, ularning yuz-közlarida xursandçilik, bayram ruhi sezilib turibdi. Mahalladoşlar bilan suhbatlaşar ekanmiz, kimdir tomorqadan katta daromad olayotgani, yana kimdir tadbirkorlarga yaratilayotgan şart-şaroitlardan unumli foydalanib, rözğori but, köngli xotirjam ekanini aytadi. Yana kimningdir farzandi sport sohasida xalqaro miqyosda katta yutuqqa erişganini aytib, faxrlanadi. Xullas, muvaffaqiyatga erişmagan oilaning özi yöq.
Albatta, bunday farovonlik uçun, tökin-soçinlik uçun Yaratganga şukrona keltirişimiz, şunday yurtda yaşaş baxti nasib etganidan xursand bölişimiz kerak. Şu örinda, jonajon diyorimiz taraqqiyotiga har birimiz munosib hissa qöşib yaşaşimiz kerakligini his qilmoğimiz darkor. Dono xalqimiz bejizga, toma-toma köl bölur, demagan.
Zotan, Vatanimizning gullab-yaşnaşi yölidagi birdamligimiz, sobitqadamligimiz, amaliy harakatlarimiz yurtimizning bundan-da yuksak marralarni qölga kiritişiga xizmat qiladi.Şunday ekan, har birimiz öz tuğilib ösgan ona diyorimizni sevişimiz, qadriga yetişimiz, tinçligi yölida kamarbasta bölişimiz, uning istiqlolini asrab-avaylaşimiz, duşmanlaridan himoya qilişimiz, bu neʼmatlarni inʼom etgan Uluğ Robbimiz– Allohga tinimsiz şukrona qilişimiz lozim.
Alloh taolodan iltijolar qilib söraymizki, barçamizni Vataniga sadoqatli, el-yurti, xalqi hamda dini yölida xizmat qiladigan haqiqiy vatanparvar bölib yaşaş baxtiga muşarraf aylasin!
Öktam QURBONIYoZOV, «Nöğoy eşon» jomʼe
masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶