16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:30
Jamiyat 👁 441

Prokuratura xodimlari kutubxonaga aʼzo boʻlishdi

Prokuratura xodimlari kutubxonaga aʼzo boʻlishdi

Maʼnaviy-maʼrifiy hayotni rivojlantirish, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu qarorga muvofiq, respublika boʻylab aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar bilan Amudaryo tumanida ham yangi Axborot-kutubxona markazi tashkil etilgan edi. Tumanning Oybek mahallasi, Qipchoq koʻchasida joylashgan mazkur markaz qisqa vaqt ichida tuman aholisining maʼrifiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilayotgan maʼrifat maskaniga aylandi.

Joriy yilning 27-avgust kuni Amudaryo tuman prokurori Bahrom Masharipov boshchiligidagi prokuratura xodimlari Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad nafaqat kutubxonaning faoliyati bilan tanishish, balki kitobxonlikni keng targʻib etishga hissa qoʻshishdan iboratdir. Mehmonlar kutubxonaning boy kitob fondi, xususan, Prezident asarlari, Oʻzbekiston tarixiga oid kitoblar va yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tuman prokurori Bahrom Masharipov kitob oʻqishning inson hayotidagi oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, kitob inson dunyoqarashini kengaytiradi, uning huquqiy savodxonligini oshiradi va shaxsiy kamolotida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Prokurorning bu kabi fikrlari kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlarni yanada ruhlantirdi va ularda mutolaaga boʻlgan ishtiyoqni yanada kuchaytirdi.

Tashrif yakunida prokuratura xodimlari kutubxonaga aʼzo boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan kitoblarni oʻzlari bilan olib ketdilar. Bunday tashabbus jamiyatning boshqa soha vakillari uchun ham ibratli namuna boʻla oladi.

Aytish joizki, Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi bugungi kunda katta hajmdagi fondga ega boʻlib, uning kitob fondi 65 ming 138 nusxani tashkil qiladi. Bundan tashqari, markazning faol foydalanuvchilari soni ham tobora ortib bormoqda. Hozirgi kunda 5 ming 74 nafar kitobxon kutubxona xizmatlaridan foydalanadi. Bu abonentlarning 2 ming 438 nafarini erkaklar, 2 ming 636 nafarini esa ayollar tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlar tumanda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishning yuqori darajada ekanligini koʻrsatadi.

Ushbu tashrif, xususan, davlat organlari vakillarining kitobxonlikni targʻib qilishdagi faol ishtiroki mamlakatimiz rahbarining maʼrifatga boʻlgan eʼtibori va hurmatining natijasidir. Zero, kitob oʻqish – jamiyatni yangilash va taraqqiy ettirishning eng samarali yoʻlidir. Kitobxon insonlarning dunyoqarashi keng, fikri teran boʻladi, bu esa oʻz navbatida jamiyatning umumiy intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qolaversa, davlat organlari rahbarlari va xodimlarining kitobxonlikka shaxsiy qiziqishi va bu borada tashabbus koʻrsatishi jamiyatning boshqa qatlamlari uchun ham ibratli namuna boʻladi. Odamlar ularga ergashishga intiladi, chunki bunday insonlar jamiyat tomonidan huqubuzarlar va jinoyatchilarni jazolovchi shaxslar emas, balki qonunni himoya qiluvchi maʼrifatli va madaniyatli shaxs sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kitob oʻqishga, ayniqsa, huquqiy adabiyotlar, tarixiy va ijtimoiy-siyosiy asarlarni oʻrganishga eʼtibor qaratishi ularning kasbiy faoliyati samaradorligini ham sezilarli darajada oshiradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026