AMUDARYoDA VOLEYBOL BÖYIÇA TUMAN BIRINÇILIGI MUSOBAQALARI BÖLIB ÖTDI
Amudaryoda sportning voleybol turi böyiça “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”ga bağişlab tuman birinçiligi ötkazildi.
17-18-fevral kuni tumandagi Ixtisoslaştirilgan maktab sport zalida kattalar örtasida bölib ötgan tuman birinçiligi musobaqasining oçiliş marosimida tuman Sport maktabining ommaviy sportni rivojlantiriş va selektsiya işlari böyiça direktor örinbosari Bahrom Soatov hamda Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi masʼullari, maktablarning jismoniy tarbiya fani öqituvçilari, tuman Sport maktabi murabbiylari iştirok etişdi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar yurtimizda sportni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor, tumanimiz sport şarafini nufuzli musobaqalarda himoya qilayotgan yurtdoşlarimiz, erişilayotgan yutuqlarni tilga olib ötdilar. Şuningdek, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qiliş, sport turlari orqali soğlomlaştiriş azal-azaldan eʼtirof etib kelinayotgani, bu esa soğlom muhitni yaratişga xizmat qilayotganini taʼkidlaşdi va musobaqada iştirok etiş uçun kelgan jamoalarga omad tilaşdi.
Şundan söng, tuman birinçiligi uçun qizğin bellaşuvlar boşlab yuborildi. Musobaqalarda erkaklar örtasida 11 ta, ayollar örtasida esa 9 ta jamoa kuç sinaşdilar. Tumandagi ovul va mahallalar, korxona-taşkilotlar, umumtaʼlim maktablari xodimlaridan taşkil topgan jamoalar ğoliblik uçun harakat qildilar. Musobaqalar davomida barça jamoalar öyin qoidalariga amal qilgan holda birdamlikda ğalabani qölga kiritişga intildilar.
Şuni eʼtirof etiş joizki, bugungi kunda davlatimizda sport öyinlari kundan kunga ommalaşib, sport jamoalarining şakllanib boriş darajasi yuqorilamoqda. Ayniqsa, voleybol sport turi aholi va öquvçi-yoşlarda jamoaviylik, ahillik, birdamlik, hamjihatlik, mehr-oqibatni yanada mustahkamlaşda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda maktablarda jismoniy tarbiya fani darslari va darsdan taşqari maşğulotlar mobaynida voleybol sport turi orqali öquvçilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirişda turli xil zamonaviy metodlardan foydalanib kelinmoqda. Şuningdek, voleybol sport turi yoşlarda jismoniy sifatlarni rivojlantiriş bilan birga kuç, çidamlilik, tezkorlik, çaqqonlik, egiluvçanlik sifatlarini ham oşirişda ham örni katta.
Ikki kun davomida qizğin va murosasiz bölib ötgan voleybol musobaqalarida jamoalar örtasidagi bahslarni hakamlar sinçkovlik bilan kuzatib, baholab bordilar. Natijaga köra erkaklar örtasida tuman Içki işlar bölimi jamoasi birinçi örin ğolibligini qölga kiritdi. Ikkinçi örinni esa 45-sonli maktab jamoasi, uçinçi örinni Qangli ovuli jamoasi qölga kiritişga muvaffaq bölişdi. Şuningdek, ayollar örtasidagi musobaqalarda birinçi örin 28-sonli maktab jamoasiga nasib qilgan bölsa, Oq oltin ovuli jamoasi ikkinçi örin, tuman Sport maktabi jamoasi esa uçinçi örinni egallaşdi.
18-fevral kuni bölib ötgan ğoliblarni taqdirlaş munosabati bilan ötkazilgan marosimda tuman Sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov, tuman Içki işlar bölimi masʼullari, Sport maktabi masʼullari, trenerlari qatnaşişdi va ğoliblarni yutuq bilan tabriklaşdi.
Ğolib jamoalarga tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovğalari bilan topşirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶