TOŞYoP OVULIDA SEKTOR RAHBARINING SAYYoR QABULI ÖTKAZILDI
Aholi murojaatlari bilan işlaş, fuqarolarni taşvişlantirayotgan muammoli masalalarga yeçim topiş maqsadida Amudaryo tumanining 4-sektori hududidagi Toşyop ovulida sektor rahbarlarining sayyor qabuli ötkazildi.
21-dekabr kuni bölib ötgan uşbu sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat Soliq boşqarmasi boşliği örinbosari Umirbek Aliyev, 4-sektor rahbari, tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boşliği Jahongir Rahimov hamda mutasaddi taşkilotlar va muassasalar masʼullari qatnaşişdi. Şuningdek, fuqarolar yiğini masʼullari, köçaboşçilar va ovul faollari ham iştirok etişdi.
Taʼkidlaş lozimki, 4-sektor masʼullari tomonidan sayyor uçraşuvlarda fuqarolarning har bir murojaatiga individual yondaşuv yölga qöyilgan bölib, ularni tezkorlik bilan, sifatli hal etilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, hududda yaşovçi fuqarolar taqdiriga befarq qaramasdan, ularning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, joylarda aholi bandligini taʼminlaş maqsadida tadbirkorlikni rivojlantiriş dolzarb vazifalardan sanalmoqda.
Qabulda dastlab sektor hududida birinçi navbatda mahallalarda yaşovçi kam taʼminlangan, himoyaga muhtoj, yakka-yolğiz, notinç, içki işlar idoralarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar, aʼzolari işsiz, uyuşmagan yoşlar mavjud bölgan, şuningdek, çin yetimlarga, uy-joy bilan taʼminlaşga muhtoj bölgan oilalarning turmuş şaroitlarini keng va atrofliça örganişga astoydil harakat qilinayotgani taʼkidlab ötildi. Uşbu oilalarning röyxatlari sektor hududidagi har bir mahalla fuqarolar yiğinlari kengaşlari tomonidan şakllantirilib va muntazam ravişda yangilanib borilayotgani eʼtirof etildi. Şuningdek, huquqni muhofaza qiliş, mahalla fuqarolar yiğinlarining Yaraştiriş komissiyalariga ajraliş masalasini körib çiqiş uçun ariza bergan oilalardagi muhit, şart-şaroitlar, sabablar alohida, keng va atrofliça örganilayotgani hamda ularning ajralib ketmasliklari uçun amaldagi qonunlar doirasida zarur yöl-yöriqlar körsatilayotgani töğrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Şundan söng, qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabul davomida hudud fuqarolaridan 14 ta murojaatlar kelib tuşdi. Uşbu murojaatlarning 3 tasi oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt pullarini tölab beriş masalasida, 1 tasi elektr tarmoğiga uyini ulab beriş masalasida, 1 tasi esa tibbiy yordam körsatiş masalasida böldi.
Undan taşqari, Toşyop ovuli hududidagi “Billur” köçasini kengaytiriş, kömir bilan taʼminlaş, ovuldagi qabristonni obodonlaştiriş, “Yetti avlon” köçasiga toş-şağal töşaş, uşbu köçadagi osilib yotgan elektr simlarini tortiş, aholiga tozalangan içimlik suvini yetkazib beriş kabi masalalar yuzaidan ham murojaatlar qabul qilindi. Uşbu murojaatlarning 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 1 tasiga asosli tuşunçalar berildi. Qolgan 10 ta murojaatlar tegişliligi böyiça idora va taşkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabulda iştirok etgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat Soliq boşqarmasi boşliği örinbosari Umirbek Aliyev aholining turmuş tarzini yaxşilaş borasida fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qiliş, buning uçun kreditlar olişlariga kömaklaşiş böyiça kerakli tavsiyalar berib ötdi. Şuningdek, 4-sektor rahbari tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boşliği Jahongir Rahimov sözga çiqib, bugungi kunda tadbirkorlik uçun yaratilgan imkoniyatlar töğrisida söz yuritdi.
Ovul fuqarolari ham masʼul rahbarlarga özlarini qiziqtirgan savollarini berib, yetarliça maʼlumotlarga ega bölişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶