Qipçoq ovul va şaharça fuqarolar yiğinlarida hokim va yoşlar uçraşuvi ötkazildi
Yoşlar – kelajagimiz. Ular ertamiz, millatimiz egalaridir. Şu boisdan ham yoş avlod kamoloti yölida taşlangan har bir qadam farzandlarimizning porloq istiqboli va jonajon Özbekistonimizning nurli ertasi yölida qöyilgan odimlar hisoblanadi.
Şu örinda eʼtirof etiş joizki, Amudaryo tumanida ham yoşlarning tölaqonli ilm olişlariga şaroit yaratiş, ularning turmuşidagi muammolarini aniqlaş va bartaraf etiş, işsiz yoşlarning bandligini taʼminlaş, orzu-intilişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida köpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Şu maqsadda tuman hokimining, sektorlar rahbarlarining, huquqni muhofaza qiliş organlari,tumandagi barça korxona-taşkilotlar rahbarlarining yoşlar bilan uçraşuvlari muntazam taşkil etilayapti.
2-dekabr kuni tumanning Qipçoq ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida tuman hokimining yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, yiğin masʼullari, ovul faollari, yoşlar iştirok etdilar.
Uçraşuvni ovul fuqarolar yiğini raisi Soatboy Nametov oçdi. U öz sözida davlatimiz rahbari tomonidan yoşlar kelajagiga katta eʼtibor qaratilayotgani hamda yoşlar masalasi davlat siyosatida asosiy öringa kötarilgani, bu qipçoqlik yoşlar hayotida ham yaqqol öz ifodasini topayotganini taʼkidladi.
Uçraşuv davomida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoşlarga yaratib berilayotgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar va tumanda yoşlar böyiça olib borilayotgan işlarga keng töxtalib ötdi.
Oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuvda yoşlarning özligini namoyon etişlari, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlari, işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun yer maydoni ajratiş kabi masalalardagi, şuningdek bandlik masalalaridagi murojaatlari ham tinglandi hamda amaliy yordam beriş uçun nazoratga olindi.
Şuningdek, ovul yoşlarining sport bilan şuğullanişlari uçun şaroit yaratiş, sport musobaqalarini tez-tez ötkazib turiş yuzasidan qilingan murojaat qizğin qöllab-quvvatlandi hamda amaliy yordam beriş çoralari körilişi maʼlum qilindi.
Tadbirda yoşlar tomonidan bildirilgan 10dan ziyod murojaatlarning asosiy qismi şu yerning özida ijobiy hal etildi. Örganilişi vaqt talab qiladigan murojaatlarni hal etiş mutasaddi taşkilot rahbarlari, uşbu masalalarning ijrosini nazorat qiliş böyiça tegişli masʼullar zimmasiga yuklatildi.
Şu kuni Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ham tuman hokimining yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, şaharça fuqarolar yiğini masʼullari, faollar va yoşlar iştirok iştirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi hudud yoşlari bilan dildan muloqot qildi va muammolarini ham tingladi. Yoşlarning bandlik, dehqonçilik qiliş uçun ijaraga yer maydoni ajratiş va ijtimoiy masalalardagi murojaatlari tinglandi va ijobiy hal qiliş yuzasidan nazoratga olindi.
Şunisi eʼtiborliki, mamlakatimizda yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga zarur şart-şaroitlar va imkoniyatlarni yaratib beriş borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang tarzda takomillaştirilib borilmoqda.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶