MAHORATLI TARBIYaChILAR
Choykoʻl ovulidagi 16-sonli MTTning maktab taʼlimiga tayyorlov guruhida 30 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ular mahoratli guruh tarbiyachilari Gulxan Yoʻldosheva hamda Yulduz Saidova rahbarligidagi turli mashgʻulotlarda ishtirok etib, dastlabki bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishmoqda. Bolalar oʻzlari yodlagan sheʼrlarini, ashulalarini aytishib, bogʻcha opalari yordamida kichik sahna koʻrinishlari tayyorlashni oʻrganishayotganidan ularning ota-onalari ham mamnun.
Tabiat bagʻriga sayohat, ertaklar olamiga sayohat kabi mashgʻulotlar bolajonlar uchun yanada maroqli. Ushbu mashgʻulotlar orqali ularning qalbida ona tabiatga mehr, ezgulikni ulugʻlash, yomonlikdan nafratlanish tuygʻulari uygʻonib, hatto bu boradagi fikrlash qobiliyatlari rivojlanayotgani quvonarli. Albatta, bunda mahoratli tarbiyachilarning mehnati tahsinga loyiq.
Suratda: MTT maktab taʼlimiga tayyorlov guruhi tarbiyachisi G.Yoʻldosheva bolajonlar bilan navbatdagi mashgʻulot paytida.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶