Maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari iştirokida ijodkorlik körgazmasi ötkazildi
Joriy yilning 19-fevral kuni Amudaryo tumanidagi “Ilk rivojlaniş markazi” binosida tumanda faoliyat yuritayotgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlari hamda ularga masʼul sifatida biriktirilgan pedagoglar iştirokida amaliy-körgazmali seminar bölib ötdi. Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda asosiy eʼtibor “Ilk qadam” davlat öquv dasturi talablari asosida “Ijodkorlik ustaxonalari”da qöl mehnati orqali yaratiladigan har xil turdagi öyinçoqlar va körgazmali qurollardan samarali foydalaniş masalalariga qaratildi.
Seminarda Maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi boş metodisti Hulkar Babajanova va şuʼba metodisti Saule Patullayevalar sözga çiqib, tumanda maxsus “Ijodkorlik ustaxonasi” taşkil etilganini, unda har bir maktabgaça taʼlim taşkilotidan biriktirilgan xodimlar muntazam ravişda ijodiy işlar olib borayotganini taʼkidlab ötdi. Yaratilgan didaktik öyinçoqlar va ularni tayyorlagan ijodkor pedagoglarning ilğor iş tajribalari kelgusida barça xodimlarga ommalaştirilişi taʼkidlab ötildi.
Tadbirda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taşkil etilgan "Turon kiçkintoylari" bolalar teatr jamoalari uçun maxsus qöl mehnati bilan yaratilgan körgazmali qurollar orqali sahna körinişlari namoyiş etildi. Yiğilganlar eʼtiboriga 29-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Maxsuda Qalandarova tomonidan qöğirçoq teatri yönalişida “Ur töqmoq” ertagi jonli tarzda havola qilindi.
Şuningdek, 18-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Sanobar Bazarbayeva soya teatri usulida “Kapalak” ertagini mahorat bilan körsatib berdi. 8-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti vakili Şahlo Eşimbetova esa barmoq va qölqop teatri yönalişidan foydalangan holda “Şolğom” ertagini sahnalaştirdi. Bundan taşqari, 45-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Komila Amankulova stol teatri yordamida “Tulki va turna” ertagini yiğiliş iştirokçilariga namoyiş qildi. Uşbu rang-barang sahna körinişlari seminar iştirokçilari tomonidan katta olqişlar bilan kutib olindi va mutaxassislarda juda katta taassurot qoldirdi.
Seminarning navbatdagi qismida köplab ijodkor pedagoglar özlarining qöl mehnati asosidagi mahsulotlari bilan yaqindan örtoqlaşdilar. Jumladan, 13-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Oyşa Safarbayeva, 36-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Nasiba Babaniyazova hamda 4-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Öğiljon Rajabovalar özlari yaratgan didaktik öyinçoqlar namoyişini ötkazdi. 9-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Mohira Xolimbetova, 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Mohira Jalalova va 17-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Muborak Yuldaşevalar tomonidan tayyorlangan didaktik öyinçoqlar ham seminar iştirokçilarida katta taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa, 19-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Asaloy Seytbayeva hamda 38-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi Salomat Qurbanbayevalar tomonidan yaratilgan öziga xos didaktik öyinçoqlar bolalarning har tomonlama rivojlanişiga hissa qöşişi alohida qayd etildi.
Mutaxassislar mazkur körgazmali qurollarning qanday materiallardan va qay usulda yasalişini, qaysi mavzularda hamda qaysi yoş guruhlarida foydalanilişini batafsil tavsiflab berdilar. Eng muhimi, uşbu vositalar orqali bolalarda qanday bilim va könikmalar şakllanişi alohida tuşuntirildi.
Seminar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan qizğin savol-javoblar ötkazilib, qatnaşuvçilarning barça fikr va mulohazalari tinglandi. Taşkilotçilar kelgusida qöl mehnati bilan öyinçoqlar yaratiş böyiça maxsus qöllanmalar işlab çiqilib, yaratilgan didaktik materiallar böyiça ijodkor pedagoglarning ilğor iş tajribasi barça taʼlim taşkilotlarida keng ommalaştirilişini alohida qayd etdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶