AMUDARYo DARYoSIDAGI ZAMONAVIY TEMIR YÖL VA AVTOMOBIL YÖLI QÖŞMA KÖPRIGI QURILIŞI NIHOYaSIGA YeTMOQDA
Barçamizga maʼlumki, Prezidentimizning topşiriğiga köra boşlangan tumanimizdagi Amudaryo daryosi ustidan ötadigan temir yöl va avtomobil yöli qöşma köprigi qurilişi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Ayni paytda mazkur köprik qurilişining yakuniy bosqiç işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu zamonaviy temir-beton konstruktsiyali köprik işga tuşirilişi natijasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uçun savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va maişiy aloqalarning yanada rivojlanişi kutilmoqda.
Ötgan davr mobaynida amalga oşirilgan katta hajmdagi quriliş işlari davomida hududda temir yöl izlari yotqiziladigan yölda tuproq kötariş işlari texnik talablar asosida bajarildi. Kerakli joylarga avtomobillar ötişi uçun qulayliklar yaratilib, tonnellar ham qurildi. Quriliş-bunyodkorlik işlari davomida tuman hududida 2 ta temir yöl stantsiyasi ham barpo etilib, ayni kunlarda vokzal binolari qad rostladi.
Daryoböyi mahallasi hududida, Amudaryo ustida olib borilayotgan quriliş işlari “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyatining buyurtmasiga köra, “Boştransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalaştirilgan. “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyatining “Köprik quriliş tresti” unitar korxonasi işçilari tomonidan 400 mln. dollarlik loyiha asosida qurilayotgan yangi köprikning uzunligi 412,7 metr, balandligi 11,5 metr, kengligi 8,5 metrni taşkil qiladi.
Şu bilan bir qatorda boşlangan 79 km. uzunlikdagi “Şovot-Gurlan-Jumurtov-Qoraözak” temir yöl liniyasini quriş işlari ham jadal surʼatlarda davom etmoqda. Hozirgi paytda tuman hududidan ötuvçi mazkur temir yöl liniyasida şağal toşlar va pölat izlarni yotqiziş, elektrlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Yangi temir yöl liniyasi işga tuşirilganidan söng, Rossiya va Qozoğiston Respublikasidan yuklarni taşiş masofasini 240 km.ga, vaqtini esa 6 soatga qisqartirişga erişilişi közda tutilmoqda.
Hozirgi paytda aholi foydalanib kelayotgan Amudaryo ustidagi ponton köprigi ança eskirib qolgan bölib, 1982-yilda işga tuşirilgan. Yuk kötariş qobiliyati 10 tonna bölgan uşbu köprikdan yiliga 600 ming tonnaga yaqin yuk olib ötiladi. Şuningdek, 3 milliondan ortiq aholi, 1 millionga yaqin avtotransport vositalari ham mazkur köprikdan foydalanadi.
Endilikda yangi va zamonaviy köprik işga tuşirilsa, yuk taşiş hajmi köpayib, yiliga 25 mln. tonnani taşkil etadi. Mintaqalarning rivoji natijasida iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 mlrd. sömga oşadi. Bundan taşqari, Qoraqalpoğistondan Xorazmga quriliş materiallari va boşqa turdagi mahsulotlarni yetkazib beriş xarajatlari kamayadi, bu esa yangi ijtimoiy obʼektlar va infratuzilmalarni qurişga sarflanadigan mablağlar tejalişini taʼminlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatini boğlovçi Amudaryo daryosi ustiga qurilayotgan avtomobil va temir yöl qöşma köprigi işga tuşirilganidan söng, barçamiz uçun qulayliklar yaratiladi va eski köprikda sodir bölayotgan har xil favqulodda holatlarning oldi olinadi. Şu bilan birga Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi va tadbirkorlariga yangi temir yöl liniyasi orqali qatnovlardagi muammolar hal etiladi, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratiladi.
Zamonaviy texnologiyaga asoslangan yangi turdagi quriliş konstruktsiyasi asosida barpo etilayotgan mazkur köprik uzoq yillar mobaynida ezgu maqsadlar yölida xalqimizga xizmat qiladi. Mazkur köprikning işga tuşirilişi natijasida hududlar farovonlaşib, aholining turmuş darajasi yanada yaxşilanadi. Temir yöl orqali yurtimizning boşqa hududlar bilan boğlanişi tufayli esa nafaqat Amudaryoda, balki butun Qoraqalpoğistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga keng yöl oçiladi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶