MANĞITNING ÇEMPION ÖĞLONI
Hayotda ulkan yutuqlarni qölga kiritgan yoşlar haqida eşitganimizda, albatta, hammamiz havas qilamiz-u, bu natijalar zamirida ularning qançadan-qança maşaqqatli mehnatlari borligini öylamaymiz. Ha, hayotda inson öz tengqurlaridan ilgarilab ketişi uçun öz oldiga aniq maqsad qöyib, şu yölda intilmoği, sabr-bardoş bilan mehnat qilmoği lozim.
Buni yaqindagina Milliy paralimpiya qömitasi, Sportni rivojlantiriş vazirligi va Yoşlar işlari agentligi hamkorligida ötkazilgan “Beş taşabbus paralimpiyadasi”ning respublika bosqiçida faol iştirok etib, maxsus sovğa, sertifikat bilan taqdirlanib kelgan Hasanboy Hayitboyev hayoti misolida ham körişimiz mumkin.
Durunki mahallasida yaşovçi, 2001-yilda tuğilgan Hasanboy Hayitboyev oilada törtinçi farzand, kenjatoy. U 56-sonli maktabda aʼlo baholarga öqişi jarayonida tuman Sport maktabining Çordara mahallasida joylaşgan bazasidagi stol tennisi guruhi maşğulotlariga qatnadi. Bu yerda unga trener Hamida Rajabova uşbu sport turining öyin qoidalari, texnikasini erinmay örgatdi. Stol tennisi böyiça ilk natijalarga erişganida Hasanboy hali maktab boşlanğiç sinf öquvçisi edi. U turli bayramlar munosabati bilan, sport maktablariaro ötkazilgan musobaqalarda soğlom tengdoşlari bilan davraga çiqib, özining çaqqonligini, kuçliligini namoyiş etib, olgan diplomlari, sovğalari talaygina.
Hasanboyning asosiy maqsadi axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumot oliş, malakali mutaxassis bölib yetişiş edi. Şu bois, bir neça yil sport maşğulotlariga ham qatnamay, oliygohga kirişga tayyorgarlik kördi. Biroq talaba böliş nasib etmadi. Bu bilan Hasanboy kelajagi uçun rejalagan orzularidan çekinmadi, tennis maşğulotlariga qaytdi va sabr-çidam bilan şuğullanişni davom ettirdi. Intilişlari esa besamar ketmadi. Natijada “Beş taşabbus paralimpiadasi”ning quyi bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritib, Respublika bosqiçida kuç sinaşişga muvaffaq böldi.
Musobaqaning 1-iyul kuni Nukus şahrida bölib ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 16-30 yoş oraliğidagi 17 nafar nogironligi bölgan yoşlar özaro kuç sinaşdilar. Ğoliblik tumanimiz vakili Hasanboy Hayitboyevga nasib qildi. Bu natijaga u osonlik bilan erişgani yöq.
– Şu kuni murabbiyim Hamida opaning maşğulotlar jarayonida örgatgan tennis sporti texnikasi, usullarining bellaşuvga çiqqandagi ahamiyati neçoğlik ulkan ekanligini çuqur angladim. Ustozimga hurmatim oşdi. Özbekiston bosqiçida kuçli hayajon pand berib qöydi. Nasib qilsa, keyingi yil, albatta, Özbekiston çempioni bölaman, – deydi Hasanboy öziga işonç bilan.
U ayni kunlarda tennis böyiça maşğulotlarga qatnaşiş bilan birga, oliygohga öqişga kirişga ham qizğin tayyorgarlik körayapti. Imkoniyatim çeklangan, deb qöl qovuştirib ötirişni öziga ep körmay, ikki yilça oldin etik-dözga şogird tuşdi va bu hunarni binoyiday örganib oldi va işlab, daromad ham topayapti.
Hasanboy Hayitboyev bilan suhbatlaşgan kişi beixtiyor ana şunday irodali, köngli toza, maşaqqatlardan çöçimaydigan, iqtidorli farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga tahsin aytgisi keladi.
Biz çin köngildan Hasanboyga “orzularing uşalaversin”, deya tiladik.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶