21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:59
Sport 👁 343

Amudaryo tumanida boks boʻyicha Qoraqalpogʻiston chempionati musobaqalari oʻtkazildi

Amudaryo tumanida boks boʻyicha Qoraqalpogʻiston chempionati musobaqalari oʻtkazildi

2025-yil 12-16-oktyabr kunlari Amudaryo tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda boks boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionati oʻtkazildi. Mazkur nufuzli musobaqaga respublikaning barcha tumanlaridan 200 nafarga yaqin mahoratli charm qoʻlqop ustalari tashrif buyurdi. Chempionatning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni mamlakat terma jamoasiga saralashdan iborat.

Chempionatning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri Yerkinbay Qutibayev va boshqa masʼullar soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda sportni rivojlantirishga soʻnggi yillarda katta eʼtibor berilayotganini, jismoniy tarbiyani ommalashtirish va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish davlat siyosati darajasidagi muhim yoʻnalishlardan biriga aylanganini taʼkidlab oʻtdilar.

Prezident farmon va qarorlari asosida har bir hududda zamonaviy sport majmualari, stadionlar, suzish havzalari, tennis kortlari va fitnes zallar qurilmoqda. Bunday sharoitlar yosh avlodning sogʻlom, kuchli va vatanparvar boʻlib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, maktab va oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya faniga alohida eʼtibor berilib, sport toʻgaraklari soni ortib bormoqda.

Natijada Oʻzbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat bayrogʻini baland koʻtarishmoqda. Olimpiya va jahon chempionlarining zafarli chiqishlari yoshlarga namuna boʻlib, ularni ham sport bilan shugʻullanishga ilhomlantirmoqda. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan chempionat ham yoshlarni sportga jalb qilish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishda muhim vosita boʻldi.

Boks boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatida 2008–2009-yillarda tugʻilgan yoshlar va 18 yoshdan oshgan kattalar oʻzaro bellashdilar. Har bir toifada sportchilar 10 tadan vazn toifasida oʻzaro kuch sinashdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlar sportchilarning yuksak texnik mahorati, jangovar ruhi va gʻalabaga boʻlgan qatʼiy intilishi bilan yodda qoldi.

Chempionat yakunida jamoalarning umumiy natijalari eʼlon qilindi, bu esa Qoraqalpogʻistonda boks maktablarining qaysi hududlarda kuchli rivojlanayotganini koʻrsatdi.

2008–2009-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida 1-oʻrin Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasiga, 2-oʻrin Nukus shahri va 3-oʻrin Xoʻjayli tumani jamoalariga nasib qildi.

Kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ham Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin musobaqa mezboni – Amudaryo tumani jamoasiga, 3-oʻrin esa Nukus shahri jamoasiga nasib qildi.

Chempionatning har bir vazn toifasida gʻolib boʻlgan sportchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar va ularning sportchilik karerasi uchun eng muhim yutuq – Oʻzbekiston chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Shuningdek, ular rasman Qoraqalpogʻiston terma jamoasi aʼzoligiga qabul qilindi.

Bu kabi musobaqalar yosh bokschilar uchun katta tajriba maktabi boʻlib, ularning keyinchalik xalqaro arenalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Bu shubhasiz, sohadagi islohotlarning va sport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlarning samarasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026