16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:28
Siyosat 👁 252

3-sektor faoliyatiga bir nazar

3-sektor faoliyatiga bir nazar

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga boʻlib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi.

Hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qilayotgan sektorlar oʻz hududlarida barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etish bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.       

Xususan, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov rahbarlik qilayotgan 3-sektor hududida ham ayni vazifalalar ustuvor maqsadlardan biriga aylangan boʻlib, bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatib kelmoqda.

Maʼlumot tariqasida Amudaryo tumani 3-sektor hududida 12 ta shaharcha, ovul va mahallalar mavjud boʻlib unda yashovchi axoli soni 54 ming 105 kishini tashkil qiladi.

Oʻtgan yili mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha sektor rahbarining yaqin koʻmakchisi va maslahatdoshiga aylangan. Sektor hududidagi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmasini yaxshilash, investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha sektor masʼullari va hokim yordamchilari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirofga loyiq.

Sektor hududidagi Boyovul mahallasining Tadbirkorlar koʻchasida istiqomat qiluvchi Oybek Oʻrazimbetov shu yilning may oyida 33 mln.soʻm imtiyozli kredit olib “Yo'ldosh stom” klnikasini ochdi. Bu klinikada aholiga sifatli stomatologiya xizmatlari koʻrsatilib, bemorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Aytish lozimki, joriy yilning 6 oyi mobayida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida xokim yordamchilari tomonidan 357 nafar fuqaroga 2,5 mlrd.soʻmlik kredit mablagʻlagʻi ajratilgan. Bundan tashqari, doimiy daromadga ega, qoʻshimcha daromad topish istagi bor 366 nafar fuqaroning 64 nafariga yengil konstruktsiyali issiqxona xamda asbob-uskunalar sotib olishlari uchun 48,9 mln.soʻmlik subsidiyalar ajratilgan.

Sektor hududida joylashgan Durunki mahallasida ham boshqa mahallalar kabi aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, bandligini taʼminlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Mahallada istiqomat qiluvchi Mansur Hayitjanov ham hokim yordamchisi koʻmagi bilan 33 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan mini kombaynlarni xarid qildi. Ushbu kombaynlar yordamida oilasiga qoʻshimcha daromad olib kirish bilan birga mahalladoshlarining ogʻirini yengil qilib, bugʻdoy va sholilarini oʻrib-yigʻib olishga yordam berib kelmoqda.

Durunki mahallasida yoshovchi yana bir bandligi taʼminlangan tadbirkor ayollardan biri Muyassar Vaisovadir. Oʻz mahalladoshlarini sifatli va arzon biogumus bilan taʼminlab kelmoqda.

Durunki mahallasida tadbirkorlar sonining tobora oshib borishi ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanishida, oilaviy daromadlari oshishi va iqtisodiyotimiz rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

225 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib, mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yavkashev Jasur” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirayotgan tadbirkor Jasurbek Yavkashev ham 4 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlanishiga xissa qoʻshdi. Bugungi kunda ushbu mebel ishlab chiqariluvchi tsexda zamonaviy rusumdagi oshxona va mexmonxona mebellari sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, sektor hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ham sektor masʼullari tomonidan turli yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda.

“Temir daftar” roʻyxatidagi oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari tarqatish, uylarini taʼmirlab berish, boquvchisi yoʻq yakka-yu yolgʻiz ayollarga yangidan uy qurib berish ishlari hukumatimizning tegishli farmon va qarorlari asosida olib borilmoqda.

Shuningdek, sektor hududidagi mahallalarni yanada obodonlashtirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, yoʻl-transport hodisalari, huquqbuzarliklarning olidini olish borasida ham izchil saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Biz esa xalq forovonligi va roziligi yoʻlida tinim bilmasdan mehnat qilayotgan sektor rahbari va masʼullarining ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026