16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:51
Jamiyat 👁 356

Nazarxon ovulining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji masʼullar diqqat markazida

Nazarxon ovulining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji masʼullar diqqat markazida

Amudaryo tumanining chekkasida joylashgan Nazarxon ovulini har tomonlama rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarga joyida yechim topish maqsadida keng koʻlamli oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Unga barcha sohalar – prokuratura, sogʻliqni saqlash, taʼlim, ichki ishlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi sohalari mutasaddilari, infratuzilma, elektr va ichimlik suvi taʼminotiga masʼul tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Ovul fuqarolar yigʻini binosida fuqarolar uchun ochiq sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda Nazarxon aholisini qiynayotgan muammolar, jumladan, ichimlik suvi taʼminoti, yoʻllarning holati, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati, maktab va bogʻchalar faoliyati kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Ochiq muloqot jarayonida har bir muammoli masala alohida roʻyxatga olinib, yechimi boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Taʼkidlash joizki, bugun mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng tatbiq etish, xalq bilan bevosita muloqotda boʻlish, muammolarni joyida aniqlab, ularni hal qilish amaliyoti kun tartibidagi dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, joylardagi rahbarlarning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan sayyor qabullar, mahallabay ishlash tizimining amaliy samara berayotgani bunga yaqqol dalildir.

Shu maʼnoda, Amudaryo tumanining chekka hududlaridan biri – Nazarxon ovul fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan ochiq muloqot ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi. Ushbu muloqotda tumandagi barcha sohalar boʻyicha masʼul rahbarlar tuman prokurori Bahram Masharipov boshchiligida ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida fuqarolar oʻz muammolari bilan rahbarlarga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, har bir murojaat faqat eshitilib qoʻyilmasdan, joyiga chiqqan holda oʻrganilib, mutasaddilar tomonidan tegishli choralar belgilandi. Ayrim masalalarga esa muloqot chogʻidayoq amaliy yechim topildi.

Tuman prokurori Bahram Masharipovning boshchiligida oʻtkazilgan ochiq muloqotda fuqarolarga qonunchilik asosida oʻz huquqlari tushuntirildi, ayrim huquqbuzarlik holatlari boʻyicha ogohlantirishlar berildi. Bunday muloqotlar aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash bilan birga, muammolarning ildizini aniqlab, tizimli yechimlar topishda katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Bugun xalq dardini tinglash va muammolarini hal qilish har bir rahbar faoliyatining asosiy mezoniga aylangan. Nazarxon ovulida oʻtkazilgan ochiq muloqot buning yana bir amaliy isbotidir. Aholining dardi tinglangan joyda taraqqiyot boshlanadi, muammoga eʼtibor qaratilgan joyda esa davlatga ishonch ortadi. Asosiysi, bunday uchrashuvlar mamlakatimizning eng chekka mahallalari ham davlatimiz va hukumatimizning eʼtiborida ekanini amalda namoyon etadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026