16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:51
Fan va taʼlim 👁 317

Voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar faoliyatiga bir nazar

Voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar faoliyatiga bir nazar

Jamiyatning ertangi kuni, millatning istiqboli bugun kamol topayotgan yosh avlodning taʼlim-tarbiyasiga bevosita bogʻliqdir. Shu bois, voyaga yetmaganlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan.

Ushbu yoʻnalishda Amudaryo tumanida ham tizimli va keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumandagi Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 86 ta umumtaʼlim maktablari hamda 3 ta texnikumlarga voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha jami 13 nafar malakali inspektor-psixologlar biriktirilgan boʻlib, ular yoshlarning taʼlim dargohlaridagi hamda undan tashqaridagi hayotini oʻz vakolatlari doirasida doimiy nazorat qilib kelmoqda.

Aytish joizki, inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi faqatgina tartibni saqlash emas, balki oʻquvchilar oʻrtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni erta aniqlash va bartaraf etishdan iboratdir. Shu maqsadda, taʼlim maskanlarida qonunchilik talablari asosida "Tigʻ" tadbirlari, shuningdek, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlar hamda psixologlar bilan hamkorlikda "Davomat" tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Tumandagi 55-sonli maktabda ham mazkur taʼlim maskaniga biriktirilgan inspektor-psixolog va tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari ishtirokida “Davomat” tadbiri va ota-onalar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Boshqa taʼlim muassasalarida ham mutaxassislar tomonidan har haftaning juma kunlari ota-onalar va oʻquvchilar ishtirokida huquqiy targʻibot ishlari olib borilib, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va tartib-intizom masalalari keng tushuntirilmoqda.

Ayniqsa, xavf guruhiga kiruvchi, ichki nazoratda boʻlgan va xulqida salbiy oʻzgarishlar kuzatilayotgan voyaga yetmaganlar bilan manzilli profilaktik-psixologik ishlar olib borilib, oʻz farzandlarini tarbiyalash va taʼlim berish majburiyatlaridan boʻyin tovlayotgan, ularga shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarga nisbatan qatʼiy qonuniy choralar koʻrilmoqda.

Bundan tashqari, dars vaqtida oʻquvchilarning nazoratsiz qolishining oldini olish maqsadida maktab atrofidagi internet klublari va boshqa koʻngilochar joylarda "Oʻquvchi" tadbirlari oʻtkazilyapti. Bu orqali yoshlar oʻrtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik, psixotrop moddalar isteʼmoli kabi ogʻir illatlarning tarqalishi, shuningdek, noqonuniy ravishda avtotransport vositalarini boshqarish holatlarining oldi olinmoqda.

Amalga oshirilgan bunday izchil harakatlar oʻz natijasini koʻrsatmoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2026-yilning dastlabki 4 oyi davomida Amudaryo tumani hududida 88 marotaba "Tigʻ", 145 marotaba "Davomat" va 75 marotaba "Oʻquvchi" reyd tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu reydlar davomida farzandining taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan jami 657 nafar ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tahlillarga koʻra, ushbu huquqbuzarliklarning 10 tasi oʻquvchilar yonida oʻtkir tigʻli jismlar borligi, 176 tasi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar oʻynaganligi, 257 tasi pornografik va zoʻravonlikni targʻib qiluvchi materiallar saqlaganligi, 106 tasi avtotransport va mototransport vositalarini boshqarganligi hamda 108 tasi boshqa turdagi huquqbuzarliklar qilganligi sababli qayd etilgan va tegishli choralar koʻrilgan.

Oʻtkazilayotgan bunday reydlar va profilaktik tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, aslida, faqatgina huquqbuzarlik faktlarini aniqlash va jazolash emas. Eng muhim vazifa – xatoning oldini olish, voyaga yetmaganlarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish va ularni jamiyatning sogʻlom fikrli aʼzolari etib tarbiyalashdir. Bu jarayonda har bir ota-ona, har bir pedagog va jamiyatning har bir aʼzosidan yuksak masʼuliyat, hushyorlik hamda professional yondashuv talab etiladi. Zero, bugun farzandlarimizning xavfsizligi va maʼnaviyati yoʻlida amalga oshirilayotgan har bir ish, har bir saʼy-harakat – bu millat va yosh avlodning yorugʻ kelajagi uchun qoʻyilgan eng muhim qadamdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026