KÖÇABOŞÇI AYoLLAR IŞTIROKIDA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Yurtimizda oilalar tinç-osoyiştaligini taʼminlaş, aholi, xususan ayol-qizlar uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, ularning öz hayotlaridan rozi bölib yaşaşlariga erişiş borasidagi çora-tadbirlar izçillik bilan davom ettirilmoqda. Bugungi kunda “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu ğoya turmuşimizning barça sohalarida özining yaqqol ifodasini topayapti.
Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qömitasining buyruğiga köra, qömita tizimida jamoatçilik asosida “Köçaboşçi ayollar” tuzilmasining taşkil etilgani ham xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barça jabhalarida faolligini oşirişga, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada kuçaytirişga, ularning muammolarini xonadonboy örganiş va hal etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Uşbu maqsadda respublika böyiça mahallalardagi xotin-qizlar faollariga kömaklaşuvçi jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi 111 ming 241 nafar köçaboşçi ayollar röyxatga olindi. Ular özlari istiqomat qiladigan köçada faol, köpni körgan, boy hayotiy tajribaga ega bölgan faxriy onaxonlardir.
Ularning zimmasiga öz hududlaridagi oilalarda notinçliklar yuzaga kelganda bartaraf etişga harakat qiliş, bu haqda fuqarolar yiğinlari masʼullarini xabardor qiliş, aholi, yoşlar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş, erta nikoh, qarindoşlar orasidagi nikohlarning oldini oliş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş borasida asosli tarğibotlar olib boriş yuklatilgan.
Butun mamlakatimizda bölgani singari Amudaryo tumanining ovul, mahalla, şaharçalarida ham köçaboşçi ayollar faoliyati yölga qöyildi. Köçaboşçi qilib röyxatga olingan faol ayollar öz hududlarida xonadonboy yuriş orqali oilaviy tadbirlarni tartibga soliş, mahallaning içki tartiblarini tuşuntiriş, oilalar tinç-osoyiştaligiga xavf tuğdiruvçi holatlarning oldini oliş, ösib kelayotgan yoş avlodning odobli, maʼnaviyatli bölib kamolga yetişiga kömaklaşiş borasida xotin-qizlar faollariga yaqin kömakçi bölişayotir.
4-iyul kuni Manğit şahridagi Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini binosida mahalla Köçaboşçi ayollari bilan tuman hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova uçraşib, amalga oşirilayotgan işlar, galdagi dolzarb vazifalar xususida suhbatlaşdi.
Uçraşuvda şuningdek, Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini raisi Roman Rözmetov, xotin-qizlar faoli Mohira Örozboyeva, 11 nafar köçaboşçi ayollar, mahalla faollari iştirok etdilar.
Uçraşuvda tuman hokimi örinbosari Gözal Soburova, Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini raisi Roman Rözmetov, xotin-qizlar faoli Mohira Örozboyevalar köçaboşçi ayollar faoliyatiga yaxşi baho berişib, mamlakatimiz ulkan siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Prezident saylovi arafasida turgan bir vaqtda ularning aholi orasida töğri tarğibot-taşviqot olib borişlari juda muhim ekanligini taʼkidladilar.
Uçraşuvda köçaboşçi ayollar özlariga bildirilgan işonçni oqlaşga söz berişdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶