DORBOZ TÖRABOY EŞÇANOVNING 80 YoŞLIK YuBILEYI NIŞONLANDI
Sanʼat fidoyilikni talab qiladi. Öz ustida tinmay işlagan, maşaqqatlardan çöçimay izlangan, tinimsiz maşqlar davomida mahoratini yuksaltirgan va eliga xolis xizmat qilgan sanʼatkorlar haqiqiy fidoyilar, deya olamiz.
Amudaryo tumanida dorbozlik sanʼatiga asos solgan, iqtidorli dorbozlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, sakson yoşida ham dor ustida turli tomoşalar namoyiş etib, xalqimizning eʼtirofiga sazovor bölayotgan Töraboy dorboz Eşçonov ana şunday insonlar toifasidan desak, adaşmagan bölamiz.
Töraboy Eşçanov şu yil 18-aprelda tabarruk sakson yoşini qarşi oldi. Amudaryo tumani Madaniyat va turizm bölimi taşabbusi bilan bölim tomoşalar zalida sakson yoşida ham sanʼatdan qölini uzmay, dor ustida tomoşalar körsatib kelayotgan taniqli dorboz boboning qutluğ yoşi munosabati bilan yubiley keçasi taşkil etildi.
Töraboy Eşçonov 1943-yilda Manğit şahriga tutaş Örta qalʼa ovulining Yusufxöja aholi punktida dunyoga kelgan. 1-sonli maktabda 10-sinfni tugatib, Özbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutida öqigan va oliygohni tugatib, dastlab 4-sonli maktabda jismoniy tarbiya fani öqituvçisi bölib mehnat faoliyatini boşlagan.
Harbiy xizmat burçini ötaş çoğida u tsirk sanʼati işqibozi bölgan doğistonlik yigit bilan döstlaşişi, undagi bu sohaga bölgan qiziqiş yanada kuçayişiga sabab bölgan. Jismoniy tarbiya bilan muntazam şuğullanib, turli tryuklar ijro qilib yurgani unga bu borada juda qöl kelgan.
Armiyadan qaytgaç, Töraboy Eşçanov Çimboy tumanidagi tsirk jamoasiga qöşilib, dorbozlik öyinlarini körsatib, öz iqtidorini rivojlantirib kelgan. Keyinçalik Töraboy dorboz nomi bilan tanilib, tumanimizda özi “Jayxun dorbozlari” tsirk jamoasini taşkil etdi. Uşbu guruh Töraboy dorboz kömagida tsirk sanʼatiga qiziquvçi, toş kötaruvçi polvon, illyuzionist, masxaraboz, surnayçi kabi iqtidorli yoşlarni birlaştirib, katta sahnalarda öz sanʼatini namoyiş etdi va xalqimizning haqli eʼtiroflariga sazovor böldi.
Guruh aʼzolarining öz ustlarida işlab, tomoşalarini boyitib borganlari tufayli Özbekiston miqyosida havaskor tsirk jamoalari örtasida ötkazilgan turli festivallarda, körik-tanlovlarda çiqişlari yuqori baholangan.
“Tabarruk yoşingiz muborak” deb nomlangan yubiley keçasida tuman hokimligi masʼullari, ustoz dorbozning şogirdlari, döstlari, yaqinlari masʼullari, madaniyat va turizm sohasi xodimlari, sanʼat şinavandalari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimligi kotibiyati mudiri Mansur Örozboyev oçdi va yubilyarni qizğin qutlab, unga tuman hokimligi tomonidan “Faxriy yorliq” va sovğalar topşirdi.
Taniqli sanʼatkorni qutlagani kelgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi xodimi Şuhrat Yöldoşevning samimiy tilaklari barçani tölqinlantirdi. Şuningdek, madaniyat va sanʼat xodimlari, Töraboy Eşçanovning maslakdoş şogirdlari, döstlari, yaqinlari tabriklaridan söng tumanimiz sanʼatkorlari ijrosida kontsert namoyiş etildi.
Otaxon dorboz Töraboy Eşçanov öziga körsatilayotgan buningdek ehtirom uçun tuman hokimligiga, tuman Madaniyat va turizm bölimi maʼmuriyatiga, barça sanʼat şinavandalariga çuqur minnatdorçilik bildirdi.
Yurtimizda inson qadri uluğ, mehr-oqibat mustahkam ekanligi yaqqol namoyon bölgan tadbir barçada ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶