“VATANPARVAR” HARBIY SPORT MUSOBAQASI ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Globallaşuv jarayoni şiddat bilan keçayotgan, dunyoning turli burçaklarida özaro uruş-nizolar, qarama-qarşiliklar tobora avj olayotgan hozirgi davrda yoşlarni milliy ğoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularda yon-atrofimizda röy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib çiqqan holda munosabatda böliş könikmalarini şakllantiriş, içki va taşqi tahdidlarga qarşi mafkuraviy immunitetni tarbiyalaş juda muhim masala sanaladi. Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Özbekiston Respublikasi yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi raisi, Xalq taʼlimi vaziri va Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Markaziy kengaşi raisining birgalikda “Vatanparvar” harbiy sport musobaqalarini ötkaziş böyiça qöşma qarori qabul qilingan edi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining kubogi uçun ötkaziladigan “Vatanparvar” harbiy-sport musobaqalarida umumiy örta taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 10- va 11-sinflar öquvçilari iştirok etişlari közda tutilgan. Yoşlarning sport bilan ommaviy tarzda şuğullanişlariga erişiş, ular orasida özaro madaniy aloqalarni yaxşi yölga qöyiş, harbiy amaliy sport musobaqalarga keng jalb etiş orqali könglida vatanparvarlik tuyğularini yuksaltirişga xizmat qiluvçi musobaqaning tuman bosqiçi şu yilning 7-aprelida Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Amudaryo tuman Kengaşi binosida ötkazildi.
Uşbu nufuzli musobaqada tumanimizdagi 1-, 12-, 15-, 35-, 48-, 59-umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari iştirok etdilar. Qizğin kuraşlar ostida keçgan musobaqada 15-sonli maktab öquvçilarining “Samoviy burgutlar”jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni 12-sonli, uçinçi örinni esa 59-sonli maktablar öquvçilari egalladilar.
Musobaqa söngida ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Şerzod Murodov, Xalq taʼlimi bölimi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti öquv-sport texnika klubi xodimlari ğolib va sovrindor öquvçilarga esdalik sovğalar, Faxriy yorliqlarni tantanali ravişda topşirdilar va ularning kelgusi öqiş va işlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Zokir Saʼdullayev, tuman Mudofaa bölimi boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶