2015-YIL - KEKSALARNI EʼZOZLAŞ YILI
Inson kamolotida oilaning örni ğoyat katta. Çunki biz ana şu möʼjaz makon, Vatanimiz içra kiçik Vatan - oilada tuğilib, voyaga yetamiz. Jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşişga qodir şaxs sifatida şakllanamiz. Şu aziz makon sari har lahzada talpinib turamiz.Çunki bu makonning bağri issiq, mehrigiyosi, odamni öziga tortib turuvçi ohanrabosi, qalblarimizni ravşan qilguvçi nurafşon ziyosi bor. Bundan ham muhimroği esa, bizning har bir qadamimizni jiddiy nazorat qilib, xulq-atvorimizni odamiylik tarozisi ila ölçab, yaxşiliklarga yöllab turguvçi ota-onamiz, bobo va buvilarimizning mehr-muhabbati hokim unda. Asrlar davomida şakllangan oila qadriyati millatimiz uçun tom maʼnodagi intellektual maʼnaviy meroski, bu maʼnaviy merosni heç qanday moddiyat bilan qiyoslab bölmaydi. Oilamiz fariştasi, xonadonimiz körki bölgan bobo va momolarimiz, aziz buvijonlarimiz qanotlari ostida bizning farzandlarimiz, hatto nevaralarimizning ulğayib, kamol topişida, bitta oila negizida şakllangan ibratga loyiq şajaraning yaralişida juda katta hikmatlar mujassam. Bu hikmatlar ana şu maʼnaviy-axloqiy tarbiya makoni – oiladagi tökislikni bir xil mezonda uşlab turuvçi uluğ yoşdagi keksalarimizning öziga xos özbekona tutumlarida, oila aʼzolarining xulq-atvoridagi gözal sifat va fazilatlarda namoyon böladi. Şuning uçun ham keksalar bor joyda fayz bor, baraka bor. Va muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlariday: "Qarisi bor uyning parisi bor,” "Qariyalar – xonadonlarimizning fayzi va fariştasi”dir.
Darvoqe, qaysiki xonadonda keksa bobo va momolarimiz bölsa, öşa xonadonning havosi boşqaça. Öğil-qiz, nevara-çevara, hatto evaralar jamligidagi bu katta xonadonda birdamlik, jipslik, özaro mehr-oqibat özgaça, gözal. Topiş-tutişining barakasidan nainki xonadonga, balki el-yurtga fayz yoğiladi. Çunki ikki-uç, hatto tört avlod jipsligidagi ahillik, özaro mehr-oqibat mezonlaridan kuç olgan, qalblari ziynatlangan xonadon aʼzolari keksalar duosini olib, yumuşga, tijorat, tadbirkorlik işlariga qöl uradilar, el-yurt manfaati uçun fidoyilik qiladilar. Xonadonlari ostonasidan taşlagan ezgu qadamlari el-yurt farovonligi yölidagi niyatlari uluğ. Bu bobo va momolardan farzandlarga ötgan bebaho qadriyat.
Şuning uçun ham bizning mamlakatimizda yoşi uluğ keksalarga eʼtibor, ğamxörlik davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Çunki turli sohalarda erişilayotgan yutuqlar, olib borilayotgan izçil islohotlar zamirida keksa avlod vakillarining betimsol fidoyiliklari mujassam. Sobiq tuzum davridagi qoliplaştirilgan siyosat tufayli xalqimiz hayotida yuz bergan katta yöqotişlar, qatağon va surgunlar, ikkinçi jahon uruşi janggohlari hamda front orqasidagi maşaqqatli va azobli mehnat, yetar-yetmaslik, oçarçilik azoblariga sabr - toqat bilan çidab yaşagan, har qanday murakkab vaziyatlarda ham özligini yöqotmagan nuroniy yoşdagi otaxon va onaxonlarimizga eʼzoz va eʼtibor körsatiş bugun har birimizning zimmamizdagi farzandlik burçimizdir.
Mamlakatimizda yoşi uluğ insonlar hamişa eʼtiborda, eʼzozda. Keksalarimizning yaxşi dam olişlari, nuroniylik davrlarini huzur-halovatda ötkazişlari uçun davlatimiz tomonidan beqiyos ğamxörliklar qilinmoqda. Xususan, 2014-yil 13-oktyabrda qabul qilingan "1941-1945-yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq endilikda ular yiliga bir marta özlari uçun eng maʼqul bölgan muddatlarda sanatoriy-soğlomlaştiriş muassasalari-da davlat xisobidan davolanib, soğliklarini mustahkamlaşlari uçun keng imkoniyatlar yaratildi.
"Keksalarni eʼzolaş yili” munosabati bilan ötgan yillarga berilgan nomlarga monand işlab çiqiladigan Dasturda nuroniy keksalarimizga körsatiladigan eʼtibor, eʼzoz, beqiyos ğamxörlik tadarruklari ila hayotimizga yanada fayz va baraka olib kiradi. Zero, uluğlari eʼzoz topgan yurt ahlining köngillari xotirjam, hayoti tinç, osoyişta, turmuşi esa obod va farovon böladi. Xalqimiz hayotini ana şu mazmun, fayziyob onlar aslo tark etmasin. Xonadonlarimizning pir-u badavlat sohiblari, fariştalari omon bölsinlar!
Tahririyat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶