KEKSALARNING ROHAT-FAROĞATDA YaŞAŞ HUQUQI KAFOLATLANGAN
Respublikamizda keksa avlod vakillariga bölgan eʼtibor, ularni har tomonlama ijtimoiy va iqtisodiy qöllab-quvvatlaş doimo davlatimizning diqqat markazida turibdi.
Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Amudaryo tuman bölimida barça toifadagi fuqarolarning pensiya oliş huquqini taʼminlaş maqsadida samarali işlar amalga oşirilmoqda. Tumanimizda 2022-yil 1-noyabr holatiga jami pensiya, ijtimoiy nafaqa oluvçi fuqarolar 25914 nafarni taşkil etgan bölsa, şundan yoşga doir pensiya oluvçilar 18619 nafar, nogironlik böyiça pensiya oluvçilar 2598 nafar, boquvçisini yöqotganlik pensiyasini oluvçilar 1146 nafarni taşkil etadi. Ayni paytda tumanimizda pensiya tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan qariyalar va zarur iş staji bölmagan boquvçisini yöqotgan 3476 nafar fuqarolar ijtimoiy nafaqa bilan qamrab olingan.
Bundan taşqari, Prezidentimizning 2022-yil 19-sentyabrdagi Farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan boşlab, yuqori iş haqi hisobidan pensiyaga çiqqan fuqarolarimizga munosib pensiya miqdorini belgilaş orqali ijtimoiy adolat printsipini qaror toptiriş maqsadida uşbu pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining ön baravaridan ön ikki baravarigaça oşirilişi ham belgilandi. Bu esa Özbekistonda mehnatkaş insonning qadr-qimmatini yanada oşiriş, keksaygan çoğida rohat-faroğatda yaşaş va öz konstitutsiyaviy huquqlaridan samarali foydalaniş imkonini yaratadi.
Qadam ISMOILOV,
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶