QOMUSIMIZ — BAXTIMIZ POYDEVORI
Bundan 22-yil oldin, 1992-yil 8-dekabr kuni ahamiyatini heç bir narsa bilan tenglab bölmas tarixiy hujjat – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasi davlatimizning Konstitutsiyasini qabul qilib, 8-dekabr umumxalq bayrami, deb eʼlon qilindi.
Uşbu bayramni xalqimiz mamlakatimizda adolat, qonun ustuvorligini taʼminlaş, erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etiş yölida işonçli qadam taşlangan kun tariqasida har yili tantanali ravişda nişonlab kelmoqda.
Mazkur Konstitutsiya inson, uning hayoti, ozodligi, qadr-qimmati va boşqa huquqlarini oliy qadriyat sifatida tan oluvçi suveren demokratik davlat barpo etişning huquqiy asosi bölib xizmat qilib kelmoqda.
Asosiy Qonunimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi rivojlangan davlatlarning tarixi va jahon tajribalariga asoslanib, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hujjatlariga, Inson huquqlarining Umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga moslaştirilib yaratilib, ijtimoiy va siyosiy hayotda öz örnini egallayotgan özgarişlarga köra takomillaştirilib borilmoqda.
Konstitutsiyamizning asosiy siyosiy ahamiyati şundan iboratki, u jahon arenasida mustaqil Özbekiston Respublikasining paydo bölişini qonun yöli bilan tasdiqlab berdi. Uning eng ahamiyatli tomoni har bir fuqaroning huquqiy statusini belgilaş bilan bir qatorda, ijtimoiy va davlat tuzumini, oliy va mahalliy hokimiyat organlarining özaro munosabatini taşkillaştirişdan, şuningdek davlat boşqaruv organlarini qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyati organlariga bölişidan iborat.
Konstitutsiyamiz jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan inson huquqlari va erkinliklarini, davlat suvereniteti printsiplarini, hozirgi va kelajak avlodlar oldida masʼuliyatni, demokratiya va ijtimoiy adolat ğoyalariga sodiqlikni, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalarining ustuvorligini, fuqarolarga farovon hayotni yaratiş, fuqarolik jamiyatini barpo etiş va millatlararo totuvlikni taʼminlaşga qaratilgan maqsadlarni közlaydi.
Yaşaş huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu borada Özbekiston Respublikasida bir qança işlar amalga oşirildi. Yaʼni ölim jazosi bekor qilinib, uning örniga jinoyat protsessual qonunçiligiga uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi kiritildi.
Konstitutsiyamizga köra, har bir inson erkinlik va şaxsiy dahlsizlik huquqiga ega. Heç kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinişi yoki qamoqda saqlanişi mumkin emas. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan şaxsga özini himoya qiliş uçun barça şaroitlar taʼminlab beriladi. Heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning orzu-umidlari, irodasini özida mujassamlaştirgan qomusiy hujjat bölib, yurtimizda kelajagi buyuk demokratik davlat barpo etilişining muhim huquqiy poydevori bölib xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, yurtdoşlarimizni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma ikki yillik bayrami bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinçlik va xotirjamlik tilab qolaman.
Farhod Allambergenov,
tuman prokurori, adliya maslahatçisi.
Foto - http://static.norma.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶