14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 13:04
Siyosat 👁 1,259

Yoshlar kuni – kelajak poydevorini mustahkamlovchi muhim qadam

Yoshlar kuni – kelajak poydevorini mustahkamlovchi muhim qadam

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga muvofiq, har payshanba kuni yurtimizda “Yoshlar kuni” sifatida qator amaliy ishlar tashkil etilmoqda. Bu tashabbus zamirida bitta ezgu maqsad mujassam — yoshlar muammolarini bevosita joylarda oʻrganish, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish.

Shu munosabat bilan 26-fevral kuni Qilichboy ovulida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi 60-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan xorijiy tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazi faoliyati bilan tanishildi. Mazkur markaz yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, ayniqsa, xorijiy tillarni puxta oʻrganishi orqali ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar koʻlami tobora kengayib bormoqda. Xorijiy tillarni oʻrganish, zamonaviy kasb-hunar egallash, tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kreditlar, sport va madaniyat maskanlarining barpo etilishi — bularning barchasi yosh avlodning barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ogʻir toifadagi yoki otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgani eʼtiborga molikdir.

Oʻquv markazida ana shunday toifadagi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda tuman hokimi Sobir Xojametov, tuman xavfsizlik xizmati boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Abrayev, tuman prokurori Bahram Masharipov hamda tuman IIB boshligʻi Timur Doshumbayev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 30 nafar yoshning murojaat va takliflari tinglandi. Jami 7 ta murojaatdan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasi esa tegishli tartibda ijroga yoʻnaltirilib, nazoratga olindi. Bu esa yoshlar bilan ishlashda ochiqlik, tezkorlik va masʼuliyat tamoyillari ustuvor ekanini koʻrsatadi.

“Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga ham qaratildi. Hududdagi 83-sonli maktabda qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston chempionlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu kabi eʼtirof va ragʻbat yoshlarni yanada katta marralar sari ruhlantiradi, sogʻlom turmush tarzini targʻib etadi.

Shuningdek, 15-sonli maktabda shashka va shaxmat boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Intellektual sport turlari yoshlarning tafakkurini oʻtkirlashtirib, strategik fikrlash koʻnikmalarini rivojlantiradi. Rahbarlar sportchi yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularning yutuqlari va kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqdilar.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samarasini yoshlar hayotida yaqqol koʻrish mumkin. Taʼlim, bandlik, tadbirkorlik, sport va maʼnaviyat yoʻnalishlarida yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

Zero, yoshlar — mamlakatning strategik resursi, taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Ularni qoʻllab-quvvatlash, muammolarini hal etish va salohiyatini roʻyobga chiqarish yoʻlida amalga oshirilayotgan har bir tashabbus Yangi Oʻzbekiston kelajagiga qoʻyilgan mustahkam poydevordir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026