14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:27
Fan va taʼlim 👁 263

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi vakillari tumanimizga tashrif buyurishdi

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi vakillari tumanimizga tashrif buyurishdi

Hozirgi kunda mamlakatimizda kelajagimiz bunyodkorlari boʻlmish yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tabriyalash masalasiga alohida eʼtibor berilayapti.

Joylarda tashkil etilayotgan Prezident maktablari, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yoshlarga bilim berishning eng zamonaviy uslublaridan foydalanilmoqda. Jumaladan 2017-yilda Nukus shahrida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan ijod maktabida ham bugungi kunda yoshlarni bilimli, ijodkor va ona Vatanga sodiq insonlar qilib tarbiyalash yuzasidan koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti.

Joriy yilning 12-may kuni ana shu taʼlim maskani – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchilari tumanimizdagi 56-sonli maktabga tashrif buyurishib, maktabning 6- va 8-sinflari oʻquvchilarini videoroliklar orqali ijod maktabi hayoti va u yerda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan tanishtirdilar.

Ijod maktabi oʻqituvchisi Mansur Pirmanov oʻz maʼruzasida maktabda 13 ta fan, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya, fizika laboratoriya hamda texnologiya xonalari, shuningdek, bir qancha fan, sport, yosh tarjimonlar, veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli sanʼat, avdiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash, aktyorlik mahorati va milliy musiqa yoʻnalishi kabi ixtisoslashtirilgan toʻgaraklar ham mavjud ekanligi, ushbu taʼlim muassasasida oʻqish bepul ekanligi, shinam yotqoxona, barcha qulayliklarga ega boʻlgan sport zali oʻquvchilar ixtiyorida ekanligi va oʻquvchilarga kuniga 4 maxal issiq ovqat berilishi haqida maʼlumotlar berdi.

Shundan keyin ijod maktabi oʻqituvchisi Baxtli Saribayev videorolik orqali oʻquvchilarni joriy yilda ijod maktabida oʻtkazilgan ijodiy tanlovlar va oʻquvchilar tomonidan amalga oshirilgan ijodiy ishlar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirdi.

Bu maʼlumotlarda koʻrsatilishicha ijod maktabi oʻquvchilari joriy oʻquv yilda Xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Tong nafasi ilhomlari” tanlovida, Yoshlar ishlari agentligi qoshida tashkil etilgan “Yosh ijodkorlar klubi” tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Duyel” tanlovida va boshqada koʻplab tanlovlarda ishtirok etishib, faxrli oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻlishgan.

Ijod maktabida oʻquvchilarning ijodiy ishlarini kitob holida chop etish masalasiga ham alohida eʼtibor berilgan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan nashr etilgan “Ijod bogʻidan guldasta” deb nomlangan toʻplamga maktab oʻquvchilaridan Quroltoyev va Reymboyevalarning ham ijodiy ishlari kiritilgan. Yaqinda yana shundy toʻplamga 12 nafar yosh ijodkorning ijodiy ishlari ham tavsiya qilingan.

Ijod maktabi oʻqituvchisi Baxtli Saribayev maʼruzasidagi maʼlumotlar – 10-sinf oʻquvchisi Tilavniyazovaning “Immerse Education” Xalqaro insholar tanlovida qatnashib, 2022-yilda dunyoning eng nufuzli 4 ta oliy taʼlim dargohi - Oksford hamda Kambridge, shuningdek, London va Sidney universitetlarida bilim olish va yozgi taʼtilni ham shu joylarda oʻtkazish imkoniyatlarini qoʻlga kiritganligi hamda bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilinishi haqidagi maʼlumotlar maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Uchrashuv yakunida oʻquvchilar tomonidan maʼruzalar yuzasidan berilgan barcha savollarga javoblar berildi.

56-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, faxriy jurnalist Allambergan Jumaniyozov tashabbusi bilan oʻtkazilgan bu uchrauv maktab oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.

M.Shomurodov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019