ĞALLAÇILIK DAROMADLI SOHAGA AYLANADI
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar özining ijobiy samaralarini berayotir. Ğallaçilikni rivojlantiriş, istiqbolli, serhosil navlarni ekiş va hosildorlik oşişiga erişiş dehqonlarimiz faoliyatining asosiy mezoniga aylanmoqda desak, adaşmagan bölamiz.
Amudaryo tumanida 2 ta ğallaçilik klasteri taşkil etilgan bölib, ularning 6000 gektar ğalla maydoni bor. 2022-yil hosili uçun buğdoy ekilgan bu dalalardagi ğallalar qiş mavsumiga töliq tuplatib kiritildi va mineral öğitlar bilan oziqlantirildi.
Ğalla maydonlaridan yuqori hosil yetiştiriş uçun hududlarning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib, navlar tanlab ekilgani özining natijalarini berdi: barça maydonlarda töliq nihol undirib olindi. Dala boşlariga mahalliy öğit jamğarilib, köklamda buğdoyzorlarni şarbat usulida suroğiş uçun hozirlab qöyildi.
Tumanimizning Oq oltin ovulida 16 ta fermer xöjaliklari faoliyat yuritadi. Ularning paxta, poliz va sabzavot ekin maydonlaridan taşqari, 523 gektar ğalla maydonlari bor.
Uşbu maydonlarga “Yoğdu”, “Asr”, “Antonino” kabi tezpişar va hosildorligi yuqori bölgan ğalla navlari ekilgan. Kuz faslida bir tekis unib çiqqan buğdoy nihollari oziqlantirildi, suğorildi. Natijada nihollar mustahkam tupladi.
Ayni kunlarda fermer xöjaliklarda ğalla maydonlari boşiga mahalliy öğit jamğariş, şarbat usulida suğoriş uçun xandaqlar qaziş işlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Ovulning “Şomurodova Sayyora” fermer xöjaligining 13 gektar yeriga 2022-yil hosili uçun ğalla ekilgan.
Uşbu maydonlardan yuqori hosil yetiştiriş maqsadida umidli “Yoğdu” navi ekilgan. Uruğlar unib çiqqaç, ikki marta oziqlantirildi va suğorildi. 3 nafar pudratçilarga bölib berilgan ğalla maydonlariga mahalliy öğit jamğarilib, bahorgi suğorişga tayyor qilib qöyildi.
Xöjalik ğalla maydonlarini közdan keçirgan kişi qişning izğirinli, qorli kunlarida ham ona zaminimiz taftidan kuç olib, bargi sarğaysa-da, tuplari yaşil rang kasb etib turgan buğdoy maysalalarini körib, köz quvonadi.
Ayni kunlarda tumanimizda 2022-yil hosili uçun ekilgan dalalardan möl hosil yetiştirilişi uçun mavjud 16 ta biolaboratoriya, 2 ta ösimliklar klinikalarida buğdoyzorlarni kasalliklardan va zararli haşarotlardan va yovvoyi ötlardan himoya qiliş maqsadida yetarli miqdorda biomahsulotlar tayyorlanmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Ğalla yetiştiriş va sotişda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etiş töğrisida”gi Qaroriga muvofiq içki bozorni ğalla doni bilan kafolatli taʼminlaş maqsadida 2022-yildan boşlab respublika hududida tavsiya etilgan buğdoy navlarini xöjalik yurituvçi subʼektlar tomonidan yer-suv şaroitlaridan kelib çiqib, mustaqil joylaştiradilar, 2022-2024-yillarda ğallaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari yetiştirgan hosilning ğalla ekilgan har gektar suğoriladigan maydon hisobidan respublika böyiça örtaça 2,5 tonnadan buğdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini töğridan-töğri şartnoma asosida erkin sotadi.
Mazkur qarorda belgilangan köpgina imtiyozlar tumanimizda ham ğallaçilikning daromadli sohaga aylanişida muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶