Tölqin ovulida ğallaçilik va boğdorçilik böyiça amaliy seminarlar bölib ötdi
Amudaryo tumanining Tölqin ovuli yana bir bor qişloq xöjaligi sohasidagi muhim voqealarga mezbonlik qildi. Bu safargi tadbirlar qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etiş va 2026-yil hosiliga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida taşkil etilgan bölib, u nafaqat fermerlar, balki butun tuman qişloq xöjaligi tizimi uçun dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari — Qişloq xöjaligi vaziri Şuhrat Teşayev boşçiligidagi işçi guruh Tölqin ovulidagi “Amat Törayev” fermer xöjaligida bölib, bu yerda 2026-yil hosili uçun ekilgan ğalla maydonlarining holati bilan yaqindan tanişdi.
Seminar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ötkazildi. Unda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, Qişloq xöjaligi bölimi masʼullari, Agroinspektsiya mutaxassislari, Ösimliklar karantini va himoyasi inspektsiyasi xodimlari, Fermerlar kengaşi vakillari hamda fermerlar iştirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan ekinlar holati çuqur tahlil qilinib, kuz-qiş mavsumida bajarilişi zarur bölgan agrotexnik tadbirlar böyiça aniq körsatmalar berildi. Xususan, ğalla parvarişini texnologik ketma-ketlik asosida olib boriş, öğitlaş va suğoriş rejimlarini töğri belgilaş, kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşişning zamonaviy usullarini qöllaş, tuproq unumdorligini oşirişning ilmiy asoslangan yönalişlari muhokama qilindi.
Bu körsatmalar fermerlar uçun yangi mavsumga sifatli tayyorgarlik bölişi bilan birga, hosildorlikning barqaror ösişida ham muhim omil bölib xizmat qiladi.
Tadbirning ikkinçi qismida esa boğdorçilik yönalişidagi öquv-amaliy seminar ötkazildi. Unda boğ qator oralaridan samarali foydalaniş masalasi kun tartibidan örin oldi. Mutaxassislar töqsonbosti usulida ekiladigan ekin turlari, ularni parvarişlaş talablari, suğoriş usullari, tuproqni saqlaş texnologiyalari va hosildorlikni oşiriş yöllari böyiça batafsil maʼlumotlar berişdi.
Seminar davomida boğlar kesimida amaliy maşğulotlar taşkil etilib, qatnaşçilarga qator oralari uçun mos ekinlarni tanlaş, ularni öz vaqtida parvarişlaş, agrotexnik tadbirlarni töğri bajariş, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş böyiça tavsiyalar berildi.
Seminar fermerlar bilimini boyitiş, hosildorlikni oşiriş va yer resurslaridan samarali foydalanişda muhim tajriba maydoni vazifasini bajarişi şubhasiz. Unda bildirilgan fikrlar, berilgan tavsiyalar va ötkazilgan amaliy maşğulotlar 2026-yil hosili uçun puxta zamin yaratişda muhim omil bölib xizmat qiladi. Eng asosiysi, bu jarayonlar qişloq xöjaligida zamonaviy yondaşuvlarni keng joriy etiş, fermer xöjaliklarini yangi bilimlar bilan qurollantiriş, hududda samarali agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş kabi ustuvor vazifalarga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶