21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:25
Qishloq xoʻjaligi 👁 400

Gʻallachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Gʻallachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabning yuqoriligi tufayli oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligidagi mavjud imkoniyat hamda resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, qolaversa, sohada yangi ish oʻrinlarini yaratish muhim masalalar sifatida qaralmoqda.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tashkil etilgan seminar ham qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan boʻlgan gʻallachilikni rivojlantirishga bagʻishlandi. Seminarda respublika miqyosidagi agrar soha masʼullari, professor, olimlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan taqdimotlar orqali keng tushunchalar hamda yangi bilimlar berdilar.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, tumandagi qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, tijorat banklari rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda gʻallachilik bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, agrar soha bilan shugʻullanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar yaratilganligini, ulardan oʻz vaqtida unumli foydalanish lozimligi xususida soʻz yuritdi. Tuman hokimi oʻz soʻzida soha rivoji yoʻlidagi islohotlarni alohida taʼkidlab oʻtdi.

Jumladan, davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish orqali sanoat, qishloq xoʻjaligi sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini taʼminlash hamda turmush darajasini oshirish maqsadida imzolagan “Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori bilan keng imkoniyatlar eshiklari ochilganligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, seminarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi asosiy maqsad moʻl hosil olish va yaxshi daromad olishdan iborat ekanligi taʼkidlanib, hosildorlikni oshirishda qator tavsiyalar berildi.

Xususan, ekinlarning hosildorligi yuqori boʻlishida asosan toʻgʻri amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar, oʻsimlik oʻsishi hamda rivojlanishi davridagi ob-havo sharoiti, bundan tashqari, tuproqning xususiyatlari, navlarni toʻgʻri tashlash, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Qolaversa, boshoqli don ekinlarini yetishtirishda suv taʼminoti ogʻir maydonlarga suv tejovchi yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish hisobiga hosildorlikni yanada oshirish, urugʻni gʻoʻza qator oralariga aniq meʼyorlarda va bir xil chuqurlikda ekish orqali uni tejash hamda barvaqt unib chiqishini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Seminarda mutaxassislar fermer va dehqonlarga yuqori gʻalla hosili olish boʻyicha zarur tavsiya va tushunchalar berib, savollariga ilmiy asoslangan javoblar berdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026