EL DARDIGA DARMON ŞIFOKORLAR
Tibbiy xizmat körsatiş sohasida jarrohlik muolajalari muhim örin tutadi. Şu bois, mamlakatimiz tibbiyot tizimidagi jarrohlik bölimlari faoliyatini takomillaştiriş, mazkur yönalişga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, xalq salomatligini muhofaza qilişni davr talablari darajasiga kötariş, sohani eng sönggi rusumdagi tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi rejali jarrohlik bölimi zamonaviy meʼmoriy yeçimga ega uç qavatli binoning uçinçi qavatida joylaşgan bölib, mazkur bino 2013-yilda töliq taʼmirlanib, rekonstruktsiya qilingan, 30 bemor örniga möljallangan bölim tarkibida 20 ta jarrohlik va 10 ta urologik kasalliklar örni mavjud.
Bölim uzluksiz elektr energiyasi va issiqlik manbai bilan taʼminlangan. Har bir xona doimiy issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan bölib, bemorlar uçun zarur maişiy imkoniyatlar yaratilib, mahalliy kanalizatsiya tarmoğiga ulangan va xonalar tibbiy linoleum bilan qoplangan.
Ayni paytda rejali jarrohlik bölimida 6 nafar oliy toifali mutaxassis şifokorlar faoliyat olib borişmoqda. Ulardan 3 nafari kattalar va 1 nafari bolalar jarrohlari, 2 nafari esa oliy toifali urolog-şifokorlardir. Bemorlarga ikkita sektorda tun-u kun beminnat xizmat körsatiladi. Birinçi sektorda yiringli jarrohlik xonasi, ikkinçi sektorda esa toza boğlaş xonasi bölib, ikkala sektor alohida joylaştirilgan. Har ikkala sektor xonalarida bemorlarga malakali tibbiyot xodimlari xizmat körsatişadi.
Bölimning jarrohlik blokida jarrohlik amaliyotlarini muvafaqqiyatli amalga oşiriş uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Anesteziolog xonasi, intensiv jonlaştiriş xonasi, jarrohlik amaliyoti uçun zarur aşyolarni tayyorlaş xonasi, sterillangan jarrohlik anjomlari va yuviniş xonalari hamda jarrohlik amaliyotlari uçun maxsus zal şifokorlar uçun qulay va ketma-ketlikda joylaşganligi bois, jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş jarayonida heç bir muammo bölmaydi.
Jarrohlik zali eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanib, bu yerda doimiy möʼtadil havo şaroitini saqlab turişga möljallangan yangi konditsioner örnatilgan. Şifokorlar uçun qulay jarrohlik stoli, elektro-koogulyator – EXVÇ-300 apparati, Rossiya davlatida işlab çiqarilgan FAZA-21 narkoz apparatlari jarrohlik muolajalarini muvaffaqiyatli ötkaziş imkonini bermoqda.
TTB tomonidan bölimga eng zarur yoritgiçlar, sterillovçi va qurituvçi jihozlar örnatilgani bölim şifokorlari uçun yana bir qulaylik böldi.
Ayniqsa, 2018-yilda “Salomatlik – 3” loyihasi doirasida bölimga keltirilgan yirik jarrohlik uskunalari töplami şifokorlarning yanada unumli va sifatli işlaşlari uçun zarur imkoniyat yaratdi.
Ayni paytda rejali jarrohlik bölimida 30 nafar xodim faoliyat yuritişmoqda. Ulardan 6 nafari oliy toifali mutaxassis şifokorlar, 11 nafari örta maxsus maʼlumotli hamşiralar, 13 nafari esa enagalardir. Bölim rahbari, oliy toifali jarroh-şifokor R.Jumaniyozov, oliy toifali jarrohlar K.Amanov, B.Yavidov, jarrohlik bloki katta hamşirasi Ç.Örozoqova, bölimning katta hamşirasi R.Nurmatova, muolaja hamşirasi N.Rahimova, navbatçi hamşiralar R.Aşirova, Z.Matkarimovalarning şirin, samimiy muomalalaridan bemorlar hamişa minnatdor.
Bölimga 2021-yilning ötgan 10 oyi davomida 990 nafar turli toifadagi bemorlar qabul qilinib, ularning deyarli barçasi soğlomlaştirilib, oilalari bağriga qaytarildi.
Xalqimizda asrlar sinovidan ötgan ibratli ibora bor: “Jon oğrisa –tabib malham”, deyişadi. Rejali jarrohlik bölimiga malham istab kelguvçilar uçun ularga şirin muomalalari, şifobaxş qöllari, ilm-u salohiyati bilan quvvat bağişlab, dardlariga darmon bölayotgan salomatlik posbonlariga:
– Kasbingizdan kamol toping, Siz azizlarning mehringizdan el-u xalq omon bölsin, şifokorlar! – deymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶