72-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi şifokorlari tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatilmoqda
Xizr eli va beşovul mahallalari ahli soğlom turmuş tarziga juda eʼtiborli. Bunga biz ijodiy jamoamiz bilan mazkur mahallalar ahlining turmuş tarzi bilan tanişganimizda yaqqol guvoh böldik. Ozoda va kökalamzor köçalar, fasad qismlaridan tortib, içkari uy va hovlilargaça obodon, fayzli xonadonlar, hosillari yiğiştirib olingan tomorqalarda amalga oşirilayotgan kuzgi-qişki yumuşlar, hatto aholining töylar boşlayotganidan bizning ham kayfiyatimiz kötarildi. Aytişadi-ku, tinçlik, salomatlik, farovonlik bor joyda xursandçilik böladi, deb. Nazarimizda Beşovul va Xizr elida bularning barçasi bor, muhimi, mazkur mahallalar ahlining salomatligi doimiy şifokorlar nazoratida.
Aholining reproduktiv salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, fertil yoşidagi, şuningdek, nogironligi bölgan va keksa yoşdagi fuqarolarga tibbiy xizmat körsatişni zamon talablari darajasida amalga oşirişda hududdagi 72-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi şifokorlari tomonidan amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlar, soğlom turmuş tarzi tarğibotiga bağişlangan tibbiy suhbatlar özining ijobiy natijasini bermoqda.
Mazkur tibbiy muassasa xizmat hududidagi 1412 ta xonadon va uşbu xonadonlarda istiqomat qiluvçi 7750 nafar aholining yoşi, kasbiy faoliyati, soğligi böyiça masʼul şifokorlar tomonidan röyxat şakllantirilgan bölib, uşbu röyxatga muvofiq aholining jinsi, yoşi, tibbiy xizmatga zarurati böyiça iş yuritiladi. Erkin Rajabov rahbarligida faoliyat olib boruvçi 72-sonli qişloq oilaviy poliklinikasida ayni paytda 6 nafar yuqori malakali şifokor va 34 nafar tibbiy xodimlar Beşovul va Xizr eli mahallalari aholisi salomatligini muhofaza qilişdek masʼuliyat hissi bilan mehnat qilişadi.
1 yoşgaça bölgan 174 nafar, 14 yoşgaça bölgan 2378 nafar bolajonlarning salomatligi şifokorlarning doimiy nazoratida. Fertil yoşidagi 1984 nafar ayollar salomatligini mustahkamlaş, ular bilan yakkama-yakka suhbatlar ötkaziş, ayniqsa, homilador ayollarning soğligini doimiy nazorat qiliş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tufayli erta homiladorlikning oldi olinib, çaqaloqlarning soğlom, nuqsonsiz tuğilişiga erişilmoqda,
Şuningdek, 1 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarni mavsumiy va ötkir respirator kasalliklarga qarşi emlaş çora-tadbirlari öz vaqtida amalga oşirilgani bois, sönggi yillarda hududda bolalar orasida turli yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklarga çaliniş holatlari keskin kamaydi.
Muassasa şifokorlari tomonidan 40 yoşdan 100 yoşgaça bölgan 2173 nafar fuqaroga tibbiy xizmat körsatiş böyiça ham alohida röyxat şakllantirilgan bölib, tibbiy xodimlar uyma-uy kirib borgan holda har bir fuqaroning soğligi yuzasidan şikoyatlarini tinglaş orqali, agar haqiqatdan ham davolanişi zarur bölsa, bemorlarning tibbiy muolaja olişlariga yaqindan yordam berişmoqda.
Ayniqsa, 100 yoş atrofidagi va 100 yoşdan oşgan va nogironligi bölgan fuqarolarning yaxşi dam olişlari va öz salomatliklariga eʼtiborli bölişlarini taʼminlaşga qaratilgan tibbiy tarğibot va taşviqot tadbirlari tufayli hududda aynan şu toifadagi fuqarolar safi va uzoq umr köriş darajasi yil sayin oşib bormoqda. Ayni paytda nafaqadagi fuqarolar 705 nafardan ziyod bölib ularning asosiy qismi 70 va undan yuqori yoşdagi fuqarolardir.
Muassasa xizmat hududida istiqomat qiluvçi bir nafar 100 yoşdan oşgan fuqaroning bardam va tetikligidan ayonki, mazkur tibbiy muassasa şifokorlarining xalq bilan hamkor-u birdamligi, hududda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş maqsadida amalga oşirayotgan saʼy-harakatlari haqiqatdan ham eʼtiborga munosib.
Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, 72-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi şifokorlari nafaqat öz xizmat hududi aholisining salomatligini muhofaza qiliş, balki obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlarining inson salomatligiga ijobiy taʼsiri, ijtimoiy faollikni oşirişdagi ahamiyati yuzasidan ham tarğibot-taşviqot tadbirlarini olib borişadi.
Natija esa kutilganidan ham ziyoda. Guvoh bölganimizdek, Beşovul va Xizr eli mahallalari hududi kun sayin obodon va kökalamzor göşaga aylanib bormoqda. Zero, obod va farovon göşalarda istiqomat qiluvçi insonlar nafaqat jismonan, balki maʼnan ham soğlom, ijtimoiy faol böladilar. 72-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar buning yaqqol dalilidir.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶