Oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari
Davlatimiz rahbari tomonidan işlab çiqilgan "Özbek modeli”ning hayotimizga tatbiq etilişi natijasida davlat qurilişi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan özgartiriş va yangilaş, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etiş, uning siyosatdan ustunligini taʼminlaş, davlatning boş islohotçi vazifasini bajarişi, yaʼni islohotlar taşabbuskori bölişi va uni muvofiqlaştirib borişi, qonun ustuvorligini taʼminlaş, kuçli ijtimoiy siyosat yuritiş, islohotlarni bosqiçma-bosqiç va izçil olib boriş tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oşirişda ulkan yutuqlar qölga kiritildi.
Şu örinda davlat qurilişi va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanişi, iqtisodiyotimizni rivojlantiriş va erkinlaştiriş, maʼnaviy-maʼrifiy işlar bilan boğliq bölgan, qisqaça aytganda, oldimizda turgan barça muammo va vazifalarni yeçişda muhtaram yurtboşimiz I.Karimov aytganlaridek "Islohot islohot uçun emas, avvalo inson uçun, inson manfaatlarini taʼminlaş uçun” degan teran maʼnoli fikrlarini aslo unutmasligimiz kerak.
Mustaqillik yillarida FHDYo organlari faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Uşbu yönalişdagi çora-tadbirlar fuqarolarga malakali huquqiy yordam körsatiş imkonini bermoqda.
Mustaqil taraqqiyot yillarida demokratik yangilaniş va siyosiy islohotlarning huquqiy asoslarini yaratişda erişgan muhim yutuqlarimizdan biri bu asosiy Qonunimiz - Konstitutsiyaning qabul qilinişi böldi.
Millat va davlatning rivojlanişi köp jihatdan oilaga boğliq bölgani uçun 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyamizning XIV bobi oilaga bağişlandi. Uning 63-moddasiga binoan "Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega. Nikoh tomonlarning roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”. Şuningdek, Konstitutsiyamizda onalik va bolalikning davlat tomonidan mustahkamlanişi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni taʼminlaşi, ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majbur ekanliklarining belgilanganligi milliy qadriyatlarimizga asoslangan bölib, uşbu normalar biron-bir davlat konstitutsiyasida mavjud emas.
Istiqlol yillarida yoşlarga oila quriş naqadar muhim va masʼuliyatli iş ekanini anglatiş, soğlom oilani şakllantiriş, oilada yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptiriş uçun zarur şart-şaroit yaratiş, yoş kelin-kuyovlarni oilaga tayyorlaş, oila manfaatlarini himoyalaş, soğlom farzand östiriş, tarbiyalaş va voyaga yetkaziş masalasi eng ustuvor siyosat darajasiga kötarildi.
1998-yil "Oila yili”, deb nomlandi, maxsus davlat dasturi hayotga tatbiq etildi. Xuddi şu yili Oila Kodeksi kuçga kirdi. 2002-yilda Kodeksning 17-moddasiga nikohlanuvçi şaxslarni davlat soğliqni saqlaş muassasalarida bepul tibbiy körikdan ötkazişni közda tutuvçi qöşimça kiritildi. Unga asosan hukumatimizning 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş töğrisidagi nizom tasdiqlanib, nikohlanuvçi şaxslarning psixik, narkologik, tanosil, sil, OIV/OITS kasalliklari böyiça tibbiy körikdan ötkazilişi belgilab qöyildi. Bu esa, tibbiyot muassasalari qatori FHDYo organlari zimmasiga ham alohida masʼuliyat yukladi. Ahamiyatlisi, bu kabi saʼy-harakatlar soğlom zurriyodning dunyoga kelişiga xizmat qilmoqda.
Yoşlarning, xalqimizning huquqiy bilimlarini, maʼnaviy madaniyatini yuksaltiriş, onalar soğligini mustahkamlaş, soğlom avlodni şakllantiriş, yoşlarning tarbiyasiga ahamiyat beriş, oiladagi muhitni soğlomlaştiriş maqsadida FHDYo bölimlarida "Oila dorilfununi” taşkil etildi.
Keyingi yillarda FHDYo organlari faoliyatini takomillaştirişga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş qoidalari, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) organlarida iş yuritiş tartibi haqidagi Yöriqnoma, Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining şakllari va ularni töldiriş böyiça qoidalarning qabul qilinişi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari töğrisidagi nizomning yangi tahrirda işlab çiqilişi, FHDYo organlari masʼul xodimlariga maxsus unvonlar, yaʼni martaba darajalarining berilişi sohaga bölgan eʼtiborning yorqin namunasi, deya eʼtirof etiş mumkin.
2011-yilning 30-dekabrida Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari faoliyatini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori qabul qilinib, unga köra olis aholi punktlarida yangi ştat birliklari va FHDYo bölimlari taşkil qilindi.
Amudaryo tumani FHDYo bölimigabir iş yurituvçiva uçta qorovulştatlari yangidan berildi.Inspektor lavozimidagi xodimlaroliy yuridik maʼlumotgaega kadrlar bilantaʼminlandi.
Tumanimiz FHDYobölimining 1935-yildan boşlabhozirgi kunga qadararxiv fondida saqlanibkelayotgan tuğilganlik, nikoh,nikohdan ajraşganlik vaölim haqidagi arxivkitoblari dalolatnoma yozuvininghar bir turiböyiça ajratilib, jami 1381 arxiv kitoblari yangidan tikildiva inventarizatsiya işlariamalga oşirildi, elektronalfavit tizimi yaratildi.Joriy yilning iyul oyidan boşlab,yagona elektron arxivtizimiga ötildi.
Bu esa xalqimiz uçun ulkan ahamiyatga ega muhim voqea bölib, xalqqa huquqiy xizmat körsatişni yanada yaxşilaşda, xususan, nikoh marosimlarining zamon talablariga xos, tantanali ravişda ötkazilişiga hamda kelajak avlodning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari himoya qilinişiga imkon yaratadi.
Xulosa örnida aytganda, FHDYo sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar avvalo fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişga qaratilgan. Zero, har bir şaxs malakali huquqiy yordam oliş huquqiga ega bölib, asosiy qonunimizda mustahkamlab qöyilgan uşbu tamoyilni töla-tökis amalga oşiriş faoliyatimizning boş mezoniga aylangan. Bu esa huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etişning asosiy şartidir.
S.Xalbayeva,
(Foto - http://www.haqida.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶