TUMAN MATBUOTI: YuTUQLAR VA ISTIQBOLLI REJALAR
Ommaviy axborot vositalari har doim davlat va jamiyat taraqqiyotining közgusi, kişilarning ongi, dunyoqaraşi, siyosiy saviyasining şakllanişida, jamiyatni ezgu ğoyalar atrofida jipslaştirib, mamlakatni taraqqiy ettirişda asosiy vositalardan biri bölib kelgan.
Istiqlol yillari muhtaram Yurtboşimiz rahnamoligida barça sohalar qatori ommaviy axborot vositalari uçun ham serqirra rivojlaniş davri böldi.
Tumanimizda ham 4 ta ommaviy axborot vositasi – "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi va amunews.uz veb-sayti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Bundan 80-yil oldin – 1934-yilda tamal toşi qöyilgan tumanimiz matbuotining xalqni ezgulik ğoyalari atrofida jipslaştirişdek şarafli vazifasini bugun "Taraqqiyot közgusi” gazetasi munosib davom ettirib kelmoqda.
Tumanimiz matbuotining şu kungaça yetib kelişida yuzlab fidoyi insonlarning maşaqqatli mehnati bor. Ularning öz sohasiga fidoyiligi natijasida tuman gazetasi sobiq ittifoq davrida ham yetakçi naşrlardan biri bölib kelgan. Bugun ana şu teran ildizlardan quvvat olib, ustozlarning şarafli işlarini davom ettirayotgan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati xodimlari ham köp yillik tarix va tajribaga ega naşrni yanada rivojlantiriş, uning xalq bilan jipsligini taʼminlaşdek ezgu maqsad yölida iş olib bormoqda.
Har bir davrning matbuot zimmasiga yuklaydigan öziga xos vazifasi böladi. Bugungi şiddatli davr ommaviy axborot vositalaridan ham tezkorlikni talab qilmoqda. Bu borada tahririyatimiz tomonidan qator işlar qilindi.
Jumladan, 2014-yildan boşlab "Taraqqiyot közgusi” gazetasining çiqiş davriyligi oyiga 4-marta qilib belgilangani, gazeta "Manğit matbaasi” xususiy korxonasida – tumanimizning özida çop qilinib, asosiy qismi obunaçilarga tahririyat tomonidan yetkazib berilayotgani naşrning tezkorligini taʼminlamoqda. Tuman hokimligining topşiriğiga asosan kelgusida tahririyatga yana bitta xizmat avtomaşinasini xarid qilib, eng çekka ovul va mahallalarga ham gazetani çop qilingan kunda, belgilangan grafik asosida öz vaqtida yetkazib beriş çoralari körilmoqda.
Aytiş kerakki, tuman hokimligi tahririyatni har tomonlama qöllab-quvvatlab kelmoqda. Tuman hokimining qaroriga binoan joriy yilning 15 iyulidan 15-avgustigaça "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligi ötkazilgani ana şunday eʼtibor namunasidir.
Amunews.uz veb-saytining işga tuşirilişi, uning mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida röyxatdan ötkazilişi natijasida 2012-yilda tumanimizda ilk bora internet jurnalistikasiga tamal toşi qöyildi.
Bundan 2-3-yil oldin internetdagi qidiruv tizimlariga "Amudaryo tumani” deya sörov bergan foydalanuvçi faqatgina entsiklopedik manbalarda tumanimiz haqidagi berilgan maʼlumotlarga ega bölardi. Bugun esa uşbu veb-saytga taşrif buyurgan internet foydalanuvçilari barça sohalardagi tumanimiz yangiliklari bilan tanişişi mumkin. Tahririyat öz oldiga kelgusida uşbu veb-saytning imkoniyatlarini yanada kengaytiriş, uni nafaqat matn körinişidagi, balki video-yangiliklar bilan boyitib boriş orqali Internet tarmoğida Amudaryo tumanining bugungi hayotini tölaqonli aks ettirişdek vazifalarni qöygan.
2014-yilda tuman matbuoti tarixida yana bir muhim yangilik röy berdi. "Taraqqiyot közgusi” gazetasining "Mening oilam” ilovasi mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida röyxatdan ötkazildi. Uşbu yangi naşr gazetxonlar tomonidan iliq kutib olindi.
Tan oliş kerakki, hali naşrlarimiz bozor talablariga töliq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Bu – faqat bizgagina xos muammo emas. Bozor munosabatlariga ötiş şaroitida Özbekiston bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari oldida muhim vazifalar turibdi. Bir tarafdan, Özbekistonda huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurilişi şaroitida kişilarni yuz berayotgan voqealardan öz vaqtida va xolisona xabardor qiliş, jamoat fikrini şakllantiriş, amalga oşirilayotgan islohotlarni har tomonlama yoritiş matbuot vakillarining dolzarb va kundalik vazifalaridir.
Boşqa tarafdan esa tahririyatlar öz naşrining öziniözi qoplaşi va foyda keltirişini taʼminlaşlari kerak. Sababi bu – ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligining asosiy iqtisodiy şartidir.
Tahririyat "Mening oilam” ilova-naşrini rivojlantiriş, kelgusida uning davriyligi va hajmini kengaytiriş orqali uni bozorga olib çiqiş, gazetani çakana savdo tarmoğida tarqatiş orqali öz faoliyatining iqtisodiy asoslarini mustahkamlaşni maqsad qilib qöygan.
Kelgusidagi rejalardan yana biri – tahririyat xodimlarini moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, ular uçun munosib iş şaroitlarini yaratiş hamda ijodkorlarni gazeta faoliyatiga yanada köproq jalb qiliş masalalaridir. Bu yönalişdagi işlarni tizimli ravişda davom ettiriş, ijodga qiziquvçi yoşlarni maktab davrlaridanoq tanlab oliş va ular bilan alohida işlaşiş tizimini yölga qöyiş, alohida jamğarma taşkil qilib, ijodkorlar bilan işlaşişni tizimli ravişda yölga qöyiş, jamğarma tomonidan iqtidorli ijodkorlarning kitoblarini naşr qiliş kabi masalalarni öz oldimizga reja qilib qöyganmiz.
Joriy yilda "Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Qonun qabul qilingani milliy jurnalistika rivojida muhim voqea böldi. Tahririyatimiz mazkur qonun bilan ommaviy axborot vositalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni röyobga çiqariş, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan hamkorlikni yanada jonlantiriş, ularning faoliyatiga kömaklaşiş orqali jismoniy va yuridik şaxslarning davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati töğrisidagi axborotdan foydalanişiga kömaklaşiş böyiça zarur çora-tadbirlarni belgilab olgan.
Bir söz bilan aytganda, tahririyatimiz tuman ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir bölayotgan yangiliklarni, voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvçi materiallar hamda axborotlarni muntazam eʼlon qilib boriş orqali mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaş, milliy istiqlol ğoyasini qaror toptiriş, aholining axborotga bölgan ehtiyojini qondirişga hissa qöşişni öz oldiga boş maqsad qilib qöygan.
Şu maqsad va vazifalarni röyobga çiqariş uçun bor kuç va ğayratimizni safarbar qilamiz.
ĞulomjonEşniyozov,
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi boş muharriri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶