"Taraqqiyot közgusi" gazetasi naşriyotida yoş şoiraning yana bir kitobi naşrdan çiqdi
Muhtaram Prezidentimizning iqtidorli yoşlar kelajagini közlab, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida ilgari surgan 5 ta muhim taşabbusidan biri ijodkor yoşlarning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, ayniqsa, sanʼatda, adabiyot sohasida erişayotgan yutuqlarini rağbatlantiriş, ijod maydoniga dadil kirib kelişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratişdan iborat. Bu borada “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati huzuridagi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi naşriyoti hamda tahririyat ijodiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar eʼtiborga munosib.
Gazeta tahririyati va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi naşriyoti ijodiy jamoasi hamda tahririyat qoşidagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida sönggi 2-3-yil içida önlab yoş ijodkorlarning ilk şeʼriy va nasriy töplamlari, şuningdek salkam 100 nafarga yaqin yoşlarning ijod namunalari jamlangan “Jayxun jilğalari”, “Yoşlik mavjlari” adabiy-badiiy anʼmanaxlar çop etilib, adabiyot ixlosmandlariga taqdim etildi. Ayni paytda naşriyot ijodiy jamoasi tomonidan qoraqalpoq millatiga mansub yoş havaskor ijodkorlar ijod namunalarini kitob holida çop etiş uçun adabiy-badiiy tahrir jarayoni olib borilmoqda.
Şuni mamnuniyat bilan eʼtirof etiş kerakki, özining ilk şeʼrlar töplami orqali şeʼriyat ixlosmandlariga tanilib qolgan, ijoddek maşaqqatli maydonga dadil qadamlari, öziga xos uslubi bilan kirib kelayotgan şoir-u şoira yoşlarimiz ham talaygina. Tumanimizdagi 35-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Barnoxon Samandarova ana şunday qaynoq qalbli, tobora qalami çarxlanib borayotgan ijodkor-yoşlardan.
Ilk ijod namunalari bilan tuman matbuoti, keyinçalik “Jetkenşek” gazetalari orqali tanilgan Barnoxon Samandarovaning ilk şeʼrlar töplami “Ilk parvozim” çop etilganiga hali köp vaqt bölgani yöq. “Ilk parvozim” töplamidagi beğubor bolalik va ona Vatanga muhabbat, insoniylik tuyğulari madh etilgan satrlar şeʼriyat ixlosmandlarini befarq qoldirmadi. 2021-yilning boşida naşr etilgan mazkur kitob nafaqat Barnoxonning tengdoşlari, balki köplab kitobsevar insonlarning maʼnaviyat mulkiga aylandi.
Yaqinda Barno Samandarovaning “Mehr” deb nomlangan ikkinçi kitobi ham naşriyotimizda çop etildi. Yoş ijodkorning ikkinçi kitobidan uning turli mavzulardagi şeʼrlari va hayotiy hikoyalari joy olgan.
Joriy yilning 7-avgust sanasida Barnoxon tuğilib-ösgan Xolimbeg ovulida yoş ijodkorning mazkur kitobi taqdimotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Taqdimot marosimida Barnoxonning ijodiga oq yöl tilagan ustozlari va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi, Özbekiston jurnalistlari ijodiy Uyuşmasi aʼzosi Örozali Reyimov, Yoşlar agentligi Amudaryo tuman bölimi boşliği Jasur Davletov, tuman hokimligi mutaxassislari, Barno Samandarovaning hamqişloqlari, tengdoşlari, yoş kitobxonlar iştirok etişdi.
Tadbirda sözga çiqqan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov, Yoşlar agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletovlar Barnoxon Samandarovaning mehnatkaşligi, bilimga intiluvçanligi, ijoddagi maşaqqatlari, izlanişlari haqida söz yuritişib, öz ustida tinimsiz işlab, öqib-izlanayotgan yoş ijodkorning tumanimizdagi iqtidorli sanʼatkorlar bilan hamkorligi, allaqaçon qöşiqqa aylanib, xalq qalbidan joy olişga ulgurgan şeʼrlari haqida mamnuniyat bilan söz yuritdilar.
Tadbir davomida Barno Samandarova taqdimot marosimi mehmonlari va hamqişloqlariga, bir guruh tengdoşlariga kitoblarini taqdim etdi, şeʼrlaridan namunalar öqib, kelgusidagi rejalari, orzulari haqida gapirib berdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶