14.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
14.11.2026, 03:40
Siyosat 👁 4,936

Mamlakatimiz Mustaqilligining 23 yilligi oldidan

Mamlakatimiz Mustaqilligining 23 yilligi oldidan

Ona Yer tafti

(Publitsistika)

Asriy jimlikka barham berilgan kun

Keçagiday yodimda: 1989-yilning oktyabr oyi edi. Sobiq ittifoq tarkibidagi 15 ta Respublikaning barçasida vaziyat oğirlaşib borayotgandi. Şu jumladan, Özbekistonda ham. Barça sohalarda boşboşdoqlik avj olgan, birov-birovga işonmaydi. Kalava ipday çuvalaşib ketgan taʼminot tizimi izdan çiqib, oddiy xalq tom maʼnoda yetar-yetmaslik azobini tortardi. Hammaodatdagiday markazga – Moskvaga quloq tutgan. Markazdan biron bir olamşumul buyruq keladi-yu şu zahoti hayot yana izga tuşib ketadiganday, yangilik anqoning uruği bölgan damlar. Yöq, unday bölmadi, Markaz – Moskva nonga, özi yetiştirgan paxta tolasidan töqilgan bir metr çitga, hatto bir hovuçgina qandga zor xalq könglini şod etgulik biron işga urinmadi. Şunda, şunda bir asrdan ziyod vaqtdan beri Moskvadan oldin Söz aytmoqqa jurʼati yetmagan özbek xalqi hayotida tom maʼnoda "portlaş” yuz berdi. Asriy jimlik buzildi! Öşa paytdagi Özbekiston rahbari I.A.Karimov öz xalqini oğir vaziyatdan olib çiqiş uçun ittifoqdoş Respublikalar rahbarlari orasida birinçi bölib Moskvaning "ramkasi” dan çiqdi: Özbekiston Respublikasida istiqomat qiluvçi 2,5 million oilaga tomorqa yerlari ajratişni, xalqni farovonlikka eltuvçi yagona yöl deb bildi va şunça oilaga tomorqa yer ajratib beriş haqidagi tarixiy hujjatga imzo çekdi.

Öşa tong hamon yodimda: odamlar bu olamşumul yangilikni bir-birlariga qörqa-pisa yetkazardilar:

- Paxta maydonlari qisqartiriladi, dedimi?

- Avvalgiday "göşt plan”ga emas, yer tekinga, özimizga berilarkan-a!

- Boşliqlar nima qilar ekanlar, axir paxta nima böladi?

Birov hayron, birov quvongan. 1989-yilning oktyabr oyi juda köplab mansabdor şaxslarni ikki öt orasiga taşlagani rost.

"Baʼzi rahbarlarni dehqonlarga yer uçastkalari ajratib berişga tom maʼnoda zörlik bilan majbur qilişga, qabul qilingan qarorlarning amalga oşirilişini taʼminlaş uçun joylarga komissiyalar yuborişga töğri keldi”, - deb yozadi Muhtaram Prezidentimiz "Özbekiston mustaqillikka erişiş ostonasida” kitobida. Çunki aholiga yer berişda qatnaşgan rahbar öşa paytda partiyadan öçirilişi, partiya biletidan mahrum bölişi tabiiy, boz ustiga partiya biletidan ajraliş - panjara ortiga yöl, degani edi. Buni yaxşi bilgan I.A.Karimov aholiga tomorqa berişda qatnaşadigan rahbarlarga qarata:

- Bu işlarning boşida men turibman, olğa bosing, ortga çekiniş yöq! – dedi Oliy Kengaş minbaridan turib.

Öşa tarixiy hujjat asosida özbekistonlik 2,5 million oila uçun 700 ming gektar suğoriladiganyer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib berildi. Asriy jimlik barham topib, xalq öz Prezidenti atrofiga jipslaşdi. El-yurtga röşnolik qaytdi. 1990-yilning erta kuzida butun Özbekiston miqyosida xususiy tomorqa – "Prezident yeri”ga ega bölgan oilalar yerga uruğ soçdilar.

Röşnolikka olib çiqqan "Prezident yeri”

Nazarimda mamlakatimizda buğdoy mustaqilligiga erişiş yölidagi birinçi va zalvorli qadam öşa tarixiy lahzalar – 1989-yilning oktyabr oyidan boşlangan edi. Ana şu zalvorli, qutluğ qadam iz solgan dalalarda, dehqonlarga tomorqa yer ajratilayotgan kezlarda guvoh bölganim, bir holat hamon yodimda: 1990-yilning keç kuzi edi. Tumanimizning "Telman” nomli (hozirgi "Qangli” OFY hududi) kolxozida böldik. Paxta hosilidan böşagan dalalar hisobidan dehqonlarga tomorqa ajratilayotgan ekan.

- Voy-böy, anov odamlarni qara, Robiyaxon, – gazetaning suratçi-muxbiri Safarboy oğa Şomurodov dala boşiga yiğilgan yuzlab odamlarga işora qildi.

Qölida yer ölçovçi asbobni tutib olgan ikki yigitning ortidan odamlar deyarli yugurib yurişardi.

- Dehqonlar quvonganlaridan, bir oiladan, 4-5 nafar bölib çiqişibdi, - degandi öşanda özi ham quvonib turgan rahmatli Madiyor oğa Pirmanov. - Köpçilik yer olsak, yana avvalgiday "göşt plan” berişmasmikan, deb ikkilanib ham olişdi. Axir xalqimiz xususiy tomorqa nimaligini bilişmaydi-da.

Yer olganlar yerining u boşidan-bu boşiga borib-keladi. Özlariça rejalar qilayotgani aniq. Safargul opa ismli öqituvçi onaxonning bir gapi hamon yodimda:

- Bunday iş hayotda bölmagan edi. Yer olib ekardik, har yili yer evaziga falon kilo göşt topşirardik. Dehqonga nima qoladi? Qora mehnati...

Ana şunday muammolarga dadillik bilan çek qöygan, öz xalqini çinakam röşnolikka olib çiqqan Özbekiston rahbaridan minnatdor xalq öz tomorqasini "Prezident yeri” deb atagan bölsa ne ajab! Çunki ana şu "Prezident yeri” oilalar iqtisodini kötardi, dehqonning ombori donga, dasturxoni barakaga, fayzga töldi. Röşnolik ortidan xonadonlar, el-yurt farovonlaşdi, obod böldi.

Ğaroyib "konfet” va Uluğ kun orzusi

Onda-sonda fermerlik harakati töğrisida söz oçilib turgan kezlar. 1991-yilning bahorida gazetaning öşa paytdagi muharriri (rahmatlik) Mansur Ahmedov bilan Qiliçboy qişloğida ijodiy safarda böldik.

Yöldoş oğa Ollamov ismli fermerni izlab yurib töy ustidan çiqdik. "Kiring-kiring”, - bilan töyxonaga kirdik. Meni bir ayvon töla ayollar davrasiga boşlab borişdi. Omon-omonlikdan söng dasturxonga razm soldim. Katta ayvonga yozilgan dasturxonning har yer-har yeriga qoramtir-qönğirrang nonlar qöyilgan. Şira-şarbat yöq hisobi. Taqsimçalarga makkabodroqqa aralaştirib solib qöyilgan munçoq şaklidagi qoramtir narsani qiziqib qölimga oldim.

- Konfet, konfet, mening kelinlarim işlagan, olaver qizim, şunisiga ham şukur, - dedi yonimda ötirgan Örozbika ismli keksa momo.

Bir piyola çoydan höplab, momoning kelinlari işlagan "konfet”dan birini oğzimga soldim.

- Qalay, – dedi momo tantanavor, – yaxşi ekanmi?

"Konfet” boşqaça şirin edi. Men bunday taʼmni umrim bino bölib his etmaganimni aytdim.

- Oq jöxori bilan bir hovuç buğdoyni qovurib, tegirmonda tortdim. Salgina şakar bilan iylab, "konfet” qildik, - dedi momo.

Har işda tadbirli elimning nelarga qodirligini öşanda körganman. Heç qanday kimyoviy aralaşma yöq, oddiy oq jöxori bilan oddiy buğdoy unidan töy dasturxonini bezagulik şira-şarbat tayyorlagan onaxonning kelinlari öz feʼllarini, nazarimda sabr-qanoat ila ziynatlagan edilarki, ular sabr va tadbir omuxtaligida oğir kunlar zalvorini kötara olgan oqila ayollar edilar.

Momoning ayvon töla ayollarga qarata aytgan bir gapi hamon quloqlarim ostida jaranglaydi:

- Yöldoşboyga öxşagan yerga fido yigitlar omon bölişsa, hali hammamiz boyib ketamiz, aylanayinlar. Fermer degani yerning egasi ekan-da. Yer egasini topsa, turgan-bitgani – XAZINA!

Yer – XAZINA, - dedi momo. Bu başoratmidi yoki momoning könglidagi Vatanga bölgan mehr-muhabbatning oddiygina talqinimi! Har ne bölganda ham öşa oğir yillarda xalqimiz özining ibratga loyiq işlari, sabr-qanoati, fidoyi mehnati bilan qiyinçiliklarni yengib ötgani, bugungi kunga işongani haqiqat. Fermerlik harakatining kelajagiga işonib-işonmay, ikkilanib turgan dehqonlarga Örozbika momoga öxşagan, kelajakni köra biladigan insonlar qanot bölganlari ham rost.

- Ey-y, aytaverasiz, momo, fermerlarni işlatib-işlatib, bir kuni hamma narsasini olib qöyadi, avval ham şunday bölgan, - dedi ayvondagi ayollardan biri öşanda.

- Töğri, - dadil sözladi momo. – avvallari şunday qilişgan, 1937-yillarda Qiliçboyning menman degan boy-bilimdon öğillari quloq bölib ketişgan. Töğrisini aytsam, endi bunday bölmaydi, boylar köpayadi. Uluğ kun keladi!

Oradan tört oy ötib, Özbekistonda çinakam möʼjiza (ha möʼjiza edi bu!) yuz berdi. 1991-yilning 1-sentyabrida öşa Qiliçboy qişloğilik Örozbika momo başorat qilgan "Uluğ kun!” keldi. I.Karimov Özbekiston Respublikasining Oliy Kengaşi minbaridan turib Özbekiston Mustaqilligini eʼlon qildi!

"Vatan bu - könguldir”

Öşa 1991-yilning bahorida Qiliçboy qişloğida, "Prezident yerlari”da boşoqlari sollanib turgan buğdoyzorlarni oralab yurib ajoyib dehqon (rahmatlik)Yöldoş ota Ollamovning:

- Agar yer öz egasini topsa, çöl-biyobonlar ham böstonga aylanadi. Yer şunday xazinaki, adoğiga yetolmaysan! – deya quvonib aytgan gaplarini bugun oradan 23-yil ötib eslarkanman, davlatimiz rahbarining Özbekiston hali mustaqillikka erişmay turib, SSSR degan qudratli va şafqatsiz maşina ğildiraklari ostida ezilib yotgan, sözlay, desa tillari suğirilgan özbek millatini yoruğlikka olib çiqiş uçun şafqatsiz Moskvaning ruxsatisiz, 1989-yildayoq buyuk işga qöl urganligini his etdim.

Yurtboşimizning bu tengsiz jurʼati öz-özidan emasdi. Bu – ona Vatan - kindik qoni tomgan yerga çeksiz muhabbat, millatga fidoyilik tuyğusining köngildan hayotga evrilgani edi. Çunki Vatan eng avval köngilda ulğayadi. Şuning uçun ham uluğ bobomiz Mir Alişer Navoiy "Vatan bu - könguldir”, deganlar.

I.A.Karimov Oliy Kengaş minbaridan turib Özbekistonning mustaqilligini eʼlon qilgan lahzalar yodingizdami?!

Mening hozirgiday yodimda. Prezident öşa lahzalarda Oliy Kengaş minbaridan turib xalqni röşnolikka olib çiquvçi eng töğri yölga dadil qadam qöydi. Mamlakat jar yoqasiga, falokat yoqasiga kelib qolganini, xalq özining ertangi kunga işonçini kundan-kunga yöqotayotganini kuyunib gapirdi:

"- ... Xalq bizdan himoya talab qilyapti, tinç-totuv hayot, oğir mehnatlariga yaraşa turmuş şaroitlarini talab qilyapti. Bu - haqqoniy talabdir, - dedi Prezident öz xalqi oldida. - Özbekiston rahbari heç qaçon qanaqa ittifoq bölmasin, qanday şaroitbölmasin ikkinçi darajali rolga rozi bölmaydi!”

Majlisxonada jimlik, televizorda jimlik.

- Men şu kundan eʼtiboran 1-sentyabrni Jumhuriyatimizda umumxalq bayrami - Mustaqillik kuni deb eʼlon qilaman!

Prezidentning ovozi asrlar qaʼridan kelganday guldurab eşitildi öşanda, agar sezgan bölsangiz. Majlisxonada yana jimlik, televizor qarşisida ötirganlar qalbida hayajon.

- Özbekiston Mustaqil böldi! Qarsaklar qani!!!

Prezidentning tantanavor ovozidan söng hayrat va hayajon oğuşidagi sukunatni titratgan gulduros qarsaklar yangradi. Majlisxonadagilar örinlaridan turib, davomli qarsaklar çaldilar. Uşbu tarixga muhrlangan lahzalarni televizor qarşisida kutib olgan butun Özbekiston Xalqi öşa eng aziz, eng Uluğ kundan boşlab millat taqdirida buyuk özgariş yasagan jasoratli, sinmas qatʼiyatli, xalqparvar, könglida ona Vatan barq urib turgan öz Prezidenti atrofiga yanada mustahkamroq jipslaşdilar. Şu kundan eʼtiboran Özbekiston davlati jahon hamjamiyatida öz örni, mavqeini belgilab bergan buyuk tamoyillar asosiga qurilgan pillapoyalardan yuksalib bordi.

Xirmonlar donga töldi

Özbekistonning ğalla mustaqilligiga erişiş yölida puxta işlab çiqilgan bozor mexanizmi ana şunday buyuk tamoyillardan biri edi. Bu şunday uluğvor tamoyil ediki, "islohot – islohot uçun emas, avvalo, inson uçun!” – degan davlatimiz siyosati xalq hayotida töliq öz aksini topdi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Prezident taşabbusi bilan Özbekistonda paxta yetiştiriş rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu – paxta yakka hokimligiga çek qöyiş borasidagi eng dadil qadam böldi. 1991-yilda mamlakatimizda gektaridan 17 tsentnerdan, bor-yöği 940 ming tonna buğdoy yetiştirilgan bölsa, oradan 23-yil ötib, Özbekiston buğdoyni import qiluvçi mamlakatdan eksport qiluvçi davlat darajasiga yetdi. Buğdoy yetiştiriş 7 barobarga köpaydi. Hosil xirmoni esa salkam 8 million tonnaga yetkazildi. Özbekiston davlati töla ğalla mustaqilligiga erişdi. Butun mamlakatda keng quloç yoygan fermerlik harakati, kundan-kunga ravnaq topib, farovon va obod bölib borayotgan qişloqlarimiz qiyofasida mustaqillikning ilk yillaridanoq dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilgan, Prezident rahnamoligidagi rivojlanişning "özbek modeli” deb tan olingan taraqqiyot yölida demokratlaştiriş va yangilaniş tamoyillari öz aksini topdi. Ana şu taraqqiyot yölini tanlaganimiz mamlakat iqtisodiyotida köpdan-köp yutuqlarga erişiş omili bölib qoldi.

Ğalla mustaqilligi – avvalo, el-yurt hayotiga röşnolik olib keldi. Minglab fermer xöjaliklari dalalarida yetiştirilgan Özbekiston buğdoyiga xirmonlar töldi. Xirmonlar tölib don tökilgan lahzalarda xalq könglidagi Vatan yanada buyuklandi, uluğlandi.

Bizning Amudaryoda...

1991-yilda atigi 282 tonna buğdoy yetiştirgan tumanimiz fermerlari oradan 23-yil ötib bu uluğvor xirmonni 11 ming tonnaga yetkazdilar. Aholi tomorqasidan olingan buğdoy hosili esa salkam 10 ming tonnaga yetdi. Öz yerimizda yetiştirilib, öz tandirimizda quyoşday issiq taft berib pişgan, dasturxonlarimizga körk, turmuşimizga fayz berib turgan oppoq buğdoy nonda qadrdon Vatan – Amu yerining tafti bor. Biz uni avaylabgina közimizga surtamiz, tabarruk qilamiz. Xuddi Vatanni tabarruk qilgan kabi.

Beixtiyor qaysidir kimyogar olimning fikri esimga tuşadi.

- Vatan tuşunçasining ilmiy talqinini bilasizmi? – degandi telekörsatuvlarning birida. – Vatanning ilmiy tuşunçasi şundayki, inson öz tuğilgan yeriga tegişli suv xususiyatlarini dunyoning qaysi burçida yaşasa-da özi bilan olib yurarkan. Inson vujudidagi suv xossalarini örganib, uning Vatani qayer ekanligini aniqlaş mumkin.

Qarang-a! Odamning özi möʼjiza, qilgan, qilayotgan ezgu amallari möʼjiza. Qipçoqdagi "Taxiatoş don mahsulotlari" AJning "Manğit don” filialiga qaraşli ğalla omboridagi uyum-uyum ğalla xirmonlariga qaragan köz quvonadi. Dil hayajonga töladi. Suv – suv ekan, mana bu qirmizi rang marvariddek buğdoydan un, undan non bölib vujudimizga singgan Amu elimning harorati qayda bor!? Bu – aziz tuproq tafti, dillarni gupirtiruvçi ona Yer – Vatan ifori. Ana şu taftdan, ana şu ifordan rang olgan amudaryolikning vujudini kimyoviy tahlil etib ötiriş şart emas. Uning könglida qulf urgan Vatanining butun böy-basti qiyofasida, çehrasida aks etib turadi. Baland-baland xirmonlar boşida mağrur turgan amudaryolik fermerlarning esa oyoq olişlarida ham hikmat bor. Dadil-dadil qadamlaridan el-yurtga barokat yoğilib turganiçi!

Bunday yoruğ kunga, farovon va obod turmuşga biz osonlikça yetdikmi? Aslo! Istiqlolga xalqimiz juda katta maşaqqatlar bilan erişdi. Yöqotişlar, surgunlar, "Paxta işi" deb atalgan beayov azob-uqubatlar xörlik va kamsitişlar zahrini tortaverib rangi somon bölgan xalq uçun bu qutluğ kun neça-neça qurbonlar evaziga nasib etdi.

2014-yilning 1-iyul kuni "Özbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma uç yilligiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori eʼlon qilindi. Uşbu Qarorda ham "Mamlakatimizning ötgan asr oxirida keskin ijtimoiy muammolar girdobiga tuşib qolgan, aholining turmuş darajasi böyiça sobiq SSSRda eng oxirgi örinlardan birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez surʼatlar bilan ösib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylangani” alohida taʼkidlangan. Buni yurak-yuragidan his qilgan har bir yurtdoşimiz hayotiga yuqoridagi qarorda ilgari surilgan "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxşida, gözal Özbekistonim!" ğoyasi yanada kötarinkilik olib kirişi tabiiy. Çunki har bir yurtdoşimiz uçun hamişa yagona, tengsiz va muqaddas Vatan sevgisi, kindik qoni tomgan ona tuproqning haroratli tafti barça boyliklardan-da aziz va uluğ! Bu uluğ Yerga - Vatanga sadoqat tuyğusi jamiki yutuqlarning ilhomçisidir. Buning yaqqol isboti esa farovon va obod turmuşimizda yaqqol aks etib turibdi.

23-yil. Qisqa, lekin tarovati bir umrga tatigulik bu yillarda köngillarni töldiruvçi buyuk mezonlar, turmuşimizga beqiyos özgarişlar olib kirgan taraqqiyot bor, uluğvorlik bor! Har zarrasi oltinga teng Vatan tuproğidan taft olgan bunyodkor xalq yaratgan, yaratayotgan, havaslarga loyiq buyuk özgarişlar, möʼjizalar mujassam unda! Dunyoni lol etguvçi mevazor boğlar, el-yurtga manzur gözal qişloqlar, har kuni bir özgariş, yangilik bilan evrilib kelayotgan fasllar malohati bor. Bu buyuk millatning özi istagan, özi tanlagan ERK yöli, kelajagi porloq erkin fuqarolik jamiyati quriş yöli! Ana şu – eng uluğ, eng aziz yöl – Istiqlol yöli mangu bölsin, azizlar!

Robiya YÖLDOŞEVA.


🎬 Videogalereya Barçasi →
Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026