Öz nonimizning taʼmi şirin
Öz nonimizning taʼmiga ne yetsin! Quyoşli yurtimizning taftida yetilib pişgan qirmizi don xirmonlari yuksalgani sayin yurtdoşlarimizning quvonçiga-quvonç qöşilmoqda. Boisi, xirmon donga tölgani - yurt maʼmurligi, degani.
Bir paytlar xalqimiz ehtiyoji uçun un boşqa davlatlardan olib kelinardi. Mustaqilligimiz şarofati bilan paxta yakkahokimligiga çek qöyilib, xalqimiz uçun kerakli ğalla, meva, sabzavotlar yetiştirişga eʼtibor qaratildi. Fermerlarga keng imkoniyatlar va şaroitlar yaratib berilgani tufayli qisqa vaqtda ğalla mustaqilligiga erişildi.
Men rahbarlik qilayotgan "Boği Eram” fermer xöjaligimizda ham har yili buğdoydan közlanganiday hosil olib kelayapmiz.
Qisqa kunlar içida 15 gektarlik maydonlarimizdan 37 tonna yuqori sifatli buğdoyni davlat xirmoniga topşirib, şartnomaviy rejamizni ortiği bilan ado etdik.
Qoraqalpoğistonda birinçi bölib tumanimiz ğallakorlarining buğdoy yetiştiriş rejasini ado etgani, bunda bizning ham uluşimiz borligi bilan çeksiz quvonamiz.
Xöjaligimizda 68 gektar paxta maydonlari mavjud bölib, ğözalarimiz rivoji ham yaxşi. Birinçi suvga qongan nihollarimiz yoppasiga gulga kirdi. Baliqçilik, çorvaçilik kabi qöşimça tarmoqlardan ham yaxşi daromad olayapmiz.
Bunda bizga tumanimizning köptarmoqli fermer xöjaliklarida töplangan tajribalar qöl kelmoqda.
Yurtboşimiz I.Karimov: "Fermer nafaqat dehqonçilik sirlarini puxta bilişi, ayni paytda u iqtisodçi, hisobçi, menejer, selektsioner, biznesmen, kerak bölsa, diplomat bölmoği zarur. Bugungi hayot oldimizga qöyayotgan yangi-yangi vazifalarni yaxşi bilişi, odamlarning, ayniqsa, qişloq ahlining turmuş darajasini yana-da yaxşilaş, yurtimizni bundan-da obod qilişda faol iştirok etişi kerak", - deya taʼkidladilar, fermerlarga qişloq xöjaligi sohasining hal qiluvçi kuçi, deya yuksak işonç bildirdilar. Şu safda özimning ham borligimdan ğururlanaman, yanada unumliroq işlaşga harakat qilaman.
Ilhom POLVONOV,
"Boği Eram” fermer xöjaligi raisi.
(Foto - http://www.12news.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶