Yoş oilalar uçun uy-joylar
ÖzA, A.Ortiqboyev, 02.07.2014 14:34
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oşirilayotan
islohotlar jarayonida jamiyatning asosiy böğini bölgan yoş oilalarni har
tomonlama qöllab-quvvatlaş va ular uçun munosib turmuş şaroiti yaratişga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining
joriy yil 6-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat
siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi
qarori hamda «Soğlom bola yili» Davlat dasturida ham uşbu yönalişdagi
muhim vazifalar belgilangan bölib, ular izçillik bilan amalga
oşirilmoqda.
Uşbu qaror va dastur asosida Qoraqalpoğiston
Respublikasining Ellikqalʼa, Beruniy, Xöjayli va Amudaryo tumanlarida yoş
oilalar uçun köpqavatli uylar qurilmoqda. "Kamolot” şaharçasi, deb
nomlanayotgan mavzelar ayni paytda ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan.
–
Yoşlar uçun yangi uylar qurilişi jadal surʼatda olib borilmoqda, – deydi
"Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi
raisi Jöldasboy Abdujamilov. – Barça qulayliklarga ega bu uylar yoş
oilalar uçun maxsus loyiha asosida bunyod etilmoqda. Ular yoş oilalarga
tijorat banklari tomonidan 5 foizli imtiyozli kredit asosida beriladi.
"Kamolot"
şaharçasida turar-joylar bilan birga, ijtimoiy soha obʼektlari qurilişi
ham jadal amalga oşirilayotir. Şuningdek, bolalar sport maydonçalari,
maktabgaça taʼlim muassasasi bunyod etiladi.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶