ISSIQXONALARDA BAHOR TAROVATI HUKMRON
Mamlakatimiz aholisini xavfsiz va toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaşda issiqxonalar muhim örin tutadi. Şu boisdan ham yil sayin issiqxonalar soni va ekin maydonlarini kengaytirişga ulkan eʼtibor berilayapti.
Bunday eʼtiborlar natijasida tumanimizda ham öz tomorqa yerida sabzavot köçatlarini yetiştiriş, bilan şuğullanişga kirişayotganlar köpçilikni taşkil etadi.
Oq oltin ovulining Jiydali qulon aholi punktida istiqomat qiluvçi aholining deyarli barçasi öz tomorqalariga ekadigan ertagi ekinlar köçatlarini özlari yetiştirişadi. Bundan taşqari, kökatlar, ertagi ekinlarni yetiştirib, bozorlarimiz tökinligiga öz hissalarini qöşmoqdalar.
Yangiboy Qurboniyozov bir umr temir yöl sohasida işlaş bilan birga turmuş örtoği Robiya Qurboniyozova va farzandlari kömagida tomorqasida möl-köl hosil undirib, oilasini taʼminlabgina qolmay, ortganini sotib, foyda olib keldi. U nafaqaga çiqqanidan söng, tomorqasining 2 sotix joyida qölbola usulda issiqxona qurib, öz tomorqasi uçun zarur ertagi ekinlar köçatlarini yetiştira boşladi. Har yili köçat uçun ajratiladigan mablağ tejalib, öz ehtiyojidan ortgan köçatlarni sotişdan daromad ham oldi.
Oradan ötgan 10-yilça vaqt davomida Yangiboy aka va Robiya opalar köçat yetiştiriş böyiça ulkan tajriba töplaşdi. Ötgan yilning özida şu 2 sotixlik issiqxonasida yetiştirgan köçatlaridan öz tomorqasiga ekkanlaridan taşqari olgan foydasi 10 mln. sömdan ziyod böldi.
Ayni kunda ularning issiqxonasida 80000 tupdan ziyod pomidor, bodring, bulğor qalampiri, baqlajon, manzarali gul köçatlari oçiq dalaga köçirib ötqazişga tayyor holga kelay deb turibdi. Ular avvalo özlarining 8 sotixlik tomorqasiga köçirib ötqaziladi, ortgani yurtdoşlarimizga sotiladi, issiqxonaga kirgan odam qutiçalarda köm-kök bölib turgan ekinlar köçatlarini körib, qiş zahri ketmagan kunlarda xuddi haqiqiy bahor tantanasini körganday böladi.
Tajribali dehqon bu yil issiqxonasida kartoşka yetiştirişni ham yölga qöyibdi. Ekin issiqxona yerini «öğirlamasligi» uçun maxsus qoplarga egatlar ustiga ekilgan.

Qöşni-qöşnidan erta uyğonişni örganadi deganlariday, Yangiboy akaning yon qöşnisi Bahrom Örozimbetov ham issiqxonadan möl daromad olayotganlardan. U tomorqasidagi 2 sotixlik qölbola usulda qurilgan issiqxonasida pomidor, bodring, bulğor qalampiri, ertagi karam köçatlarini yetiştirib keladi.
Oyimjon Pirimbetova ham issiqxonada köçat yetiştirişdan oila iqtisodini yaxşilaşga muvaffaq bölayotganlarning biri. U 15-yildan beri farzandlari, kelini kömagida ertagi ekinlar va gul köçatlarini yetiştirib keladi. Har yili köklamda opaning asrab-avaylab undirgan gullari juda xaridorgir böladi.
Harakatda – barakat, deganlariday, yaxşi yaşaş, öz turmuşini özi obod, fayzli qilişga intilgan odam, albatta, maqsadiga erişaveradi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶