TOR YoP OVULIDAGI 18-SONLI MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTIDA BAHORIY BAYRAMLAR DAVOM ETMOQDA
Yurtimiz böylab bahoriy bayramlar boşlab yuborildi. Kötarinki kayfiyatda boşlangan şoira Zulfiyaxonimning tavallud kuni va 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramlari barça ovul va mahallalarda, muassasa-taşkilotlarda keng nişonlanmoqda.
Tor yop ovulidagi 18-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bahor bayramlari munosabati bilan turli tadbirlar taşkil etila boşlandi. Ayniqsa, taşkilot tarbiyaçilari örtasida ötkazilgan “Davraga kel, dugonajon” tadbiri juda qizğin ötdi va barçaga bayramona ruh baxş etdi. Tadbirda iştirok etgan fuqarolar yiğini masʼullari tarbiyaçi-pedagoglar va tarbiyalinuvçilarni bayramlar bilan tabrikladi.
Tadbirda taşkilotning tarbiyaçi-pedagoglari Dildora Uzoqova, Sevara Habibullayeva, Nasiba Hayitboyeva, Odila Madrahimova, Xurşida Matyoqubovalar 5 ta şart asosida bellaşişdi. Kasbim – faxrim, test savollariga javob beriş, qöl mehnatida işlaş, bahriy salatlar tayyorlaş va erkin mavzu kabi şartlar asosida öz mahoratlari va bilimdonliklari, çaqqonliklarini körsatişga harakat qilgan qizlarning çiqişlari hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Bellaşuv yakunida iştirokçilarning har biriga nominatsiyalar böyiça ğoliblik berildi va faxriy yorliqlar, sovğalar bilan taqdirlanişdi.
Mazkur maktabgaça taʼlim taşkiloti 2016-yilda 140 nafar öringa möljallab qurilgan bölib, hozirgi kunda 230 nafar kiçkintoylarga 13 nafar tarbiyaçi pedagoglar taʼlim-tarbiya berişmoqda. Muassasada murğak qalblarda milliy va qadimiy urf-odatlarimizga hurmat, maʼnaviy qadriyatlarimizni mustahkamlaş maqsadida turli maşğulotlar ötkazilib, tadbirlar taşkil etilmoqda. Ayniqsa, “Zumradoylar davrasi” tögaragida har kuni jajji qizlar örtasida muntazam ravişda tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy işlar olib borilmoqda.
Bayram arafasida taşkilotdagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilari örtasida “Zumradoylar davrasi” körik-tanlovi ötkazildi. Tanlovda zukko qizçalardan Husnora Erkinboyeva, Hilola Madrahimova, Noila Gulmirzayeva, Salomat Ötagenovalar 4 ta şart böyiça bellaşişdi. Zukko qizçalar özini taniştiriş, onamga sovğa tayyorlayman, çuçvara tugiş va erkin mavzu şartlarini çaqqonlik va mohirlik bilan bajarişga intilişdi.
Bellaşuv davomida tögarakda tajribali tarbiyaçi-pedagoglar tomonidan örganişgan kiyiniş va dasturxon odobi, rostgöylik, şirinsözlik, hozirjavoblik, kamtarinlik kabi ezgu fazilatlarini körsatişdi. Ayniqsa, kiçkintoylarning çuçvaralarni çiroyli tugişga harakat qilişlari, onajonlariga çiroyli sovğa tayyorlaşgani barçani yanada zavqlantirdi. Tanlov yakunida jajji bilimdon qizçalarga nominatsiyalar böyiça ğoliblik berildi va sovğalar topşirildi.
Taşkilotda bayramlar munosabati bilan ötkazilayotgan bu kabi tadbirlar barçaga bahoriy kayfiyat va xuşnudlik ulaşmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶