QILIÇBOYLIK MOHIR NONVOY
Qiliçboy ovuli azaldan yer bilan tillaşib, dur undiruvçi dehqonlari, sohibkor-u boğbonlari, usta-hunarmandlari bilan maşhur. Şuning uçun ham nafaqat tumanimizda, balki qöşni tumanlarda ham qiliçboyliklar yetiştirgan tabiat neʼmatlari, hunarmandçilik buyumlarining qadri baland.
Mustaqillik yillarida bu zaminda tadbirkorlik sohasi ham ravnaq topdi. Köptarmoqli fermer xöjaliklari safi oşdi. Ovul ahliga yengillik, qulaylik yaratişga bel boğlagan tadbirkorlar mehnati bilan önlab xizmat körsatiş şoxobçalari bunyod etilib, öz faoliyatini boşladi. Pirovardida köplab yoşlarning iş bilan bandligi taʼminlandi. Dilbarxon Bekmurodova ana şunday tadbirkorlardan biri. U ayrimlarga öxşab çetdi işlab, pul topiş haqida öylamadi. Xalqning kundalik ehtiyojiga monand ravişda nonvoylik bilan şuğullanişga qaror qildi. Buning uçun zarur mablağ va xarajatlarni ham özi topdi. Yetmaganiga rözğoridagi don-dunini işlatdi. Dastlabki yopgan nonlari tezda sotilib ketdi. Xalq ehtiyojidan kelib çiqib, ertasiga yanada köproq non yopdi. Qarasa, mijozlar köpaygandan-köpayib borayapti. Öylab ötirmay, yoniga mahalladoş 3 nafar ayol-qizni işga oldi. Yangidan tandirxona barpo etdi. Ovul ahlining buyurtmalari asosida iş yurita boşladi. Yupqa non, çörak, turkmani çörak, patir nonlarga talab yanada köpaydi. Aholi buyurtmasiga köra, töy-marosimlar uçun non va patir, somsa yopişni, keksalar uçun uylariga eltib beriş xizmatini yölga qöydi. Bu işlarni amalga oşirişda Dilbarxonga yordamçilari Yulduzxon Törayeva va Marhobaxon Törayevalar yaqindan yordam berişmoqda.
- Ovulimiz ahliga xizmat qilayotganimdan xursandman, - deydi, Dilbarxon mamnuniyat bilan. – Birov turkmança çörak, yana birov sedanali non va somsa, qat-qat patir non buyurtma qilişadi. Barçasini mijozlarning könglidagiday qilib bajarişga harakat qilamiz.
Ayni paytda Dilbarxon Bekmurodova öz şogirdlari bilan töy nonlari tayyorlab bermoqda. Ovul ahlining oğirini yengil, muşkulini oson qilib, quvonçli kunlarida dasturxonlarining eng oliy neʼmati – issiqqina non yopib berayotganidan Dilbarxon mamnun. Yangi yilda nonvoyxona faoliyatini yana kengaytirişni reja qilgan mohir nonvoy Dilbarxon Bekmurodovaga:
- Tandiringiz nonga tölsin-u el-yurt rizqi yanada ziyoda bölsin! – deymiz!
Oyimjon Örozaliyeva, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶