OChIQ DARS OʻTKAZILDI
Shu yilning 17-fevralida Qangli ovulida faoliyat yuritayotgan Qangli madaniyat markazining rubob toʻgaragida ochiq dars oʻtkazildi.
Ochiq darsda markazdagi 12 ta toʻgaraklar aʼzolari, rahbarlaridan tashqari tuman Madaniyat boʻlimi va mavjud madaniyat markazlari xodimlari ishtirok etdilar.
Ochiq darsni toʻgarak rahbari Olimboy Eshimbetov 14 nafar aʼzolariga oʻtdi.

Ustoz avvalo shogirdlariga shu kungi mashgʻulot mavzusini, oʻrganiladigan kuy haqida, qadimiy cholgʻu asboblaridan biri boʻlmish rubobning bu kuyni ijro etishdagi imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berdi.
Albatta, olingan nazariy bilimlar asosida ado etilgan amaliy mashgʻulotlar barcha tinglovchilarga manzur boʻldi. Shuningdek, cholgʻu asbobini mohirlik bilan chalish uchun avvalo ijrochi shu kuyning mazmun-mohiyatini chuqur anglamogʻi, ohangini koʻnglidan his qila olmogʻi lozim. Bunday koʻnikmalar yosh sanʼat shaydolari koʻngliga mashgʻulotlar davomida singdiriladi.
Tadbirda ishtirok etgan hamkasblari Olimboy Eshimbetovning ochiq darsiga yuqori baho berdilar.

Nasiba EShChONOVA,
tuman Madaniyat boʻlimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶