AHOLI TIBBIY XATLOVDAN ÖTKAZILMOQDA
Tibbiyotning tasdiqlaşiça, jismoniy faollik hamda ovqatlaniş meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik, tarkibida yoğ, tuz miqdori köp bölgan taomlarni köp yeyiş – aholining yurak-qon tomir, endokrin, xavfli ösma kabi kasalliklarga çalinişiga, yoşlarning aqliy ösişdan ortda qolişiga sabab bölar ekan.
Endilikda aholi salomatligini himoya qiliş böyiça Prezidentimizning tegişli Qaroriga muvofiq 2021-yilning 1-iyunidan boşlab, 6-23 oylik bolalar uy şaroitida tayyorlangan ovqatlarni boyitiş maqsadida mikro nutriyent kukuni, 6 oylikdan 5 yoşgaça bölgan bolalar “A” vitamini, 2-10 yoşdagi bolalar gelmentoz profilaktikasi böyiça preparatlar bilan bepul taʼminlanadi. Şuningdek, tibbiyot xodimlari aholi orasida soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş, jismoniy faollikning inson salomatligi uçun zarurligini keng tarğib etişadi.
Qarorga muvofiq 2022-yil 1-yanvarga qadar mahallalar kesimida yuqumli bölmagan kasalliklar böyiça “aholining salomatlik profili” şakllantiriladi, yaʼni tibbiy xatlov ötkaziladi. Bunda aholining ovqatlaniş xarakateri, tana vazni indeksi, spirtli içimlik va tamakiga qaramlilikning mavjudligi, arterial bosim, qondagi qand miqdori va xolesterin darajasi kabi körsatkiçlarning qamrab olinişi nazarda tutilgan. Bu işlarni amalga oşirişga birlamçi tibbiy böğinlarda umumiy amaliyot şifokori örniga oilaviy şifokor va tajribali hamşiralardan iborat tibbiy brigadalar tuzildi.
Bu vazifalarning bajarilişida qişloq oilaviy poliklinikalari zimmasiga masʼuliyatli vazifalar yuklangan. Ayni kunda bu borada tumanimizda ham amaliy harakatlar boşlab yuborildi.
21-yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Şohruh Şarahmedov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri Murod Qurbonov va bir guruh masʼullar Amudaryo tumanidagi 1-sonli oilaviy poliklinikada bölişib, yuqoridagi masalalar yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar, oilaviy şifokorlar iştirokida tuzilgan tibbiy brigadalar faoliyati, xatlov jarayoni bilan tanişdilar.
Şuningdek, masʼullar özgalar parvarişiga muhtoj, nogironligi bölgan şaxslarning uylariga borib, holidan xabar olişdi.
Taşrif davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri Murod Qurbonov tuman Tibbiyot birlaşmasiga murakkab jarrohlik amaliyotini amalga oşirişda foydalaniladigan zamonaviy laparoskop uskunasini topşirdi.
Tibbiyot sohasi masʼullari tumanimizga taşrifi davomida yangi amaliyot – aholini tibbiyot xatlovdan ötkaziş borasida muhim yöl-yöriq va maslahatlar berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶