Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi böyiça tarğibot tadbiri ötkazildi
Ayni kunlarda mamlakatimiz böylab Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng tarğib qiliş maqsadida uçraşuvlar, davra suhbatlari ötkazilmoqda. “2021-yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusida ötkazilayotgan tarğibot tadbirlarida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga batafsil şarh berilib, joriy yilda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan ulkan işlar haqida keng maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.
Bu kabi tarğibot tadbirlari Amudaryo tumanida ham taşkil qilindi. Tadbirlarga bir qator oliy taʼlim muassasalarining professor-öqituvçilari taşrif buyurişdi. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlari – falsafa fanlari doktori Azamat Muxtorov, Iqtisodiyot fanlari doktori Norboy Karimov, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali dotsenti Kuralbay Atanazarov, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali dotsenti Baxram Utemuratov, Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri Meruyert Pazilova, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali dotsenti Şarigul Arzuova, Nukus davlat pedagogika instituti assistenti Töra Pazilov, Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti kafedra mudiri Gulmurod Xöjametovlardan iborat tarğibot guruhi aʼzolari bir neça kun davomida Amudaryo tumanida bölib, uçraşuvlarda iştirok etdi.
Dastlabki tarğibot tadbiri 15-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil qilindi. Tadbirda 1-sektor hududida joylaşgan maktablarning direktorlari va ularning örinbosarlari, mahalla raislari hamda ularning örinbosarlari, hududdagi taşkilot va korxona jamoalari hamda rahbarlari, tadbirkorlar, yoşlar yetakçilari, tibbiyot sohasi vakillari iştirok etdi. Tadbirda tarğibot guruhi aʼzolari, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev va boşqalar sözga çiqib, Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida keng turda töxtalib ötdilar.

Taʼkidlanganidek, Murojaatnomada mamlakatimizda 2020-yilda amalga oşirilgan işlar natijalari sarhisob qilinib, 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlari hamda mamlakatni yanada taraqqiy ettirişning asosiy yönalişlari belgilab berildi.
Prezidentimiz tomonidan 2021-yil “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” deb nomlanişi yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarilganligining yana bir isboti böldi. Zero, vatanimiz kelajagini intellektual salohiyatli, bilimli, dunyoqaraşi keng va yuksak maʼnaviyatli yoşlarsiz tasavvur etib bölmaydi. Murojaatnomada qayd etilganidek, yoşlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbaşariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi etib voyaga yetkaziş har doim dolzarb masala bölib kelgan va bundan keyin ham şunday bölib qoladi.
Muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomada inson salomatligi eng oliy neʼmat ekanini yana bir bora eʼtirof etib ötdilar. Şu sababli ham davlatimiz rahbari 2021-yilda koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan murakkab tibbiy vaziyatni yaxşilaş yölida barça imkoniyatlar safarbar etilib, aholi salomatligini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş böyiça qator işlar amalga oşirilişini taʼkidlab ötdilar.
Tadbirda tarğibot guruhi aʼzolari yaqin istiqboldagi taraqqiyotimiz yönalişlari haqida keng axborot berib, Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosiga keng jamoatçilikni safarbar qiliş lozimligi haqida fikr bildirdilar.
Tadbir davomida tarğibotçilar tomonidan “Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştirişdagi yangi vazifalar”, “Sud-huquq tizimini isloh etiş va qonuniylikni mustahkamlaşning ustuvor yönalişlari”, “Iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etiş – uzoq muddatli barqaror ösişning poydevori”, “Murojaatnomada ijtimoiy sohani rivojlantiriş borasida belgilangan vazifalar” hamda “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni taʼminlaş hamda taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlar”, “Vatanparvarlik ‒ insoniylikning oliy timsoli” kabi mavzularda maʼruzalar öqildi.
Tarğibotçilar Murojaatnomani samarali hujjatga aylantiradigan narsa – uning ijrosi ekanini taʼkidlab, Murojaatnomadan örin olgan ğoyalarning ijrosidan har bir fuqaro birdek manfaatdor bölişini hayotiy misollar orqali keng turda tuşuntirdi.
Tarğibot tadbiri oçiq va samimiy ruhda, rasmiyatçilikdan holi ravişda ötkazildi. Taşkilotçilar auditoriyaning yoş va individual xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda iştirokçilar bilan samimiy muloqot qildilar. Murojaatnoma yuzasidan savol-javoblar, viktorinalar taşkil qilinib, ğoliblar hamda faol iştirokçilar rağbatlantirib borildi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶