MUROJAATNOMADA ADLIYa VAZIRLIGIGA ANIQ VAZIFALAR QÖYILDI
Muhtaram Prezidentimiz 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida 2021-yilda jamiyatning har bir sohasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar haqida töxtalar ekan “islohotlarimiz samarasini har bir inson öz hayotida his etişi uçun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini öz vaqtida va samarali taʼminlaş lozim” – deb taʼkidladi. Ayniqsa, statistik raqamlar bu masalaning qançalik dolzarbligini körsatib berdi.
Murojaatnomada taʼkidlanganidek, sönggi 4-yilda barça sohalarda keng kölamli özgarişlarni amalga oşiriş böyiça 150 ta qonun, 2 mingga yaqin Farmon va Qarorlar qabul qilingani, lekin joylarda rahbarlar uşbu hujjatlar mazmun-mohiyatini tuşunib, berilgan imkoniyatlardan töliq foydalanmaganligi, aholi va tadbirkorlarga zarur şart-şaroit yaratib bera olmaganligi aytildi. Aytiş joizki, Prezidentimizning 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5415-son Farmonida tuman Adliya bölimlariga yuklatilgan asosiy vazifalarning biri sifatida hokimlarga hamda davlat organlari va taşkilotlarining tumanlar va şaharlar tuzilmalariga qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni qöllaş masalalari böyiça maslahatlar beriş belgilangan edi. Biroq, Murojaatnomada taʼkidlab ötilganidek, bu nazorat tizimi amalda köproq formal tusga ega bölib qoldi.
Şuning uçun Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2021-yilda bu borada yangi iş tizimini joriy etiş vazifasi qöyildi. Yaʼni, endilikda Adliya vazirligi, uning hududiy boşqarma va bölimlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni masʼullarga yetkaziş, tuşuntiriş, amaliyotda qöllaşga kömaklaşiş va nazorat qilişdan iborat böladi. Şu maqsadda Adliya vazirligiga zarur vakolat va resurslar beriladi.
Bu borada jamoatçilik iştiroki va nazorati ham keng yölga qöyiladi. Jumladan, “jamoatçilik eşituvlari” va “jamoatçilik monitoringi” tizimi joriy qilinib, bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ham faol jalb etiladi. Bundan taşqari, tahlillar asosida ijroga xalaqit berayotgan ortiqça vazifa va funktsiyalar qisqartiriladi. Davlat idoralaridagi ijro sifati va holatini viloyat, tuman va şahar xalq deputatlari Kengaşlarida, respublika darajasida esa – Vazirlar Mahkamasida har oyda tanqidiy muhokama qilib boriş amaliyoti joriy etiladi.
Murojaatnomaga köra Adliya vazirligiga barça ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda”, degan mavzuda körsatuv va çiqişlar taşkil etiş, xalqimizga islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib boriş tizimini joriy etiş vazifasi ham yuklatildi.
Öylaymanki, mazkur vazifalarning ijrosi nafaqat idora va taşkilotlarning maʼsuliyatini, balki fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini ham oşirişga ham yordam beradi. Jamoatçilikning fuqarolik pozitsiyasi, aholining esa mamlakat kelajagiga daxldorlik tuyğusi mustahkamlanadi.
M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶