Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yillik bayrami munosabati bilan TABRIK NUTQI
Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!
Avvalo, Siz azizlarni, qolaversa barça yurtdoşlarimizni mustaqil Vatanimiz tarixidagi şonli sana – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida mamlakatimizda erişilgan ulkan yutuqlar, bugungi osoyişta hayotimiz va buyuk istiqbolimizning muhim huquqiy asosidir. Boş Qomusimiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etişda, Özbekistonning xalqaro maydonda munosib örin egallaşida mustahkam poydevor vazifasini ötamoqda.
Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qöyilgan. Şu sababli ham Boş Qomusimiz insonning yaşaş huquqi, erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqi, fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi huquqi, vijdon erkinligi, saylov huquqi, mulkdor böliş, bilim oliş, erkin kasb tanlaş, mehnat qiliş, malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş kabi huquqlarini töla röyobga çiqarişda mustahkam asos bölib xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, Konstitutsiya negizida işlab çiqilgan “2017- 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi” keyingi yillarda davlat va jamiyatni rivojlantirişning mutlaqo yangi bosqiçini boşlab berdi.
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarning aksariyati töla hayotga tatbiq qilindi. Mamlakatimizning kiçik bir göşasi bölmiş Amudaryo tumanida ham mazkur islohotlarning natijalari yaqqol namoyon bölib, xalq farvonligi, jamiyat rivoji va yurt taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi şaroitida dunyoning köplab davlatlari, şu jumladan yurtimizda ham iqtisodiy körsatkiçlarning pasayişi kuzatilayotgan heç kimga sir emas. Ammo, şunday bölişiga qaramasdan, joriy yilda ham birgina bizning tumanimizda byudjet mablağlari, davlat-xususiy şerikçilik şartlari asosida jami 8 ta maktablar, 6 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari binolari yangidan qurilib, 14 ta ijtimoiy soha obʼektlarida kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Bularni tahlil qilar ekanmiz, 2021-yilning mamlakatimizda bejizga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” deya nomlanmaganiga amin bölamiz. Zero, ilmli, maʼrifatli, zamonaviy texnologiyalardan xabardor yoşlargina kelajakda mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirişga qodir böladi.
Prezidentimiz Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida taʼkidlaganlaridek, “Xalqimizning uluğvor qudrati jöş urgan hozirgi zamonda Özbekistonda yangi bir uyğoniş – Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Çunki bugungi Özbekiston – keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas”.
Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyotining mana şunday yangi davridagi ulkan özgarişlarning bunyodkori va iştirokçisi bölmiş aziz xalqimizni, har bir yurtdoşimizni Boş Qomusimiz qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan yana bir marta çin qalbimdan tabriklayman!
Asosiy Qonunimiz hamişa suveren demokratik davlatimiz poydevori, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarining mustahkam himoyaçisi, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz turmuşi farovonligining asosiy huquqiy kafolati sifatida xalqimizning mangu rahnamosi bölib qolsin!
Bayramingiz muborak bölsin, aziz yurtdoşlar!
Sultonboy Yöldaşev, Amudaryo tumani hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶