15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:12
Siyosat 👁 265

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING 21-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING 21-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

Joriy yilning 29-noyabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar rahbarlari, xalq taʼlimi muassasalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi hamda sessiyani olib bordi.
Sessiya kun tartibida turli masalalar muhokamaga qoʻyildi.

Sessiya kun tartibida dastlabki – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2020-yil 21-noyabr kungi “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 151-sonli qarori haqida”gi masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Rashid Salayevning axboroti tinglandi.

Axborotda tumanda mazkur hujjat ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi. Xususan, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ushbu maqsadda ajratilgan davlat mablagʻlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash, fuqarolar yigʻini raislari, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ishlar, hududdagi taʼlim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining faoliyatini doimiy nazoratga olish va tahlil qilib borish yuzasidan belgilangan vazifalar toʻgʻrisida axborot berildi.

Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev axborotida tumanda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash va toʻlash boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xususida toʻxtalib oʻtdi. Bu borada sustkashlik qilgan oqsoqollarga tegishlicha choralar qoʻrish lozimligini qayd etdi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi masala ham sessiya kun tartibidan oʻrin oldi. Ushbu masala yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Baxtiyor Oʻrozov oʻz hisobotida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik institutlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar olib borilayotganini alohida taʼkidladi. Buning natijasida mahallalarda yashovchi, jinoyat qilishga moyil shaxslar alohida nazoratga olingani, ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlar keskin kamaytirishga erishilgani xususida toʻxtalib oʻtdi.

Sessiyada navbatdagi – aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Zokirjon Oʻrozboyevning hisoboti tinglandi. Hisobotda davlatimiz rahbarining cogʻliqni saqlash tizimi birlamchi boʻgʻinida tibbiy xizmat sifatini yanada takomillashtirish va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida tuman Tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shundan soʻng, navbatdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarishda tumandagi muassasa, korxona va tashkilot rahbarlarining javobgarligi haqidagi masala muhokama  qilindi. Mazkur masala xususida tuman hokimligi devonxona mudiri Xamro Yuldashovning axboroti tinglandi. U oʻz axborotida tuman hokimligiga 2020-yilning 9 oyi davomida  jismoniy va yuridik shaxslardan 1219 ta yozma va ogʻzaki murojaatlar kelib tushganligi, murojaatlar  qonun talablari asosida roʻyxatdan oʻtkazilib, ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilganligi va belgilangan muddatlarda oʻrganilib, ariza mualliflariga tegishli javoblar berilganligi xususida maʼlumot berdi.

Tumanda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetov axborot berdi. Axborotda bu borada samarali ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi. Aholini, ayniqsa, yoshlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etayotganligi qayd etib oʻtildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala boʻyicha tuman davlat Soliq inspektsiyasi va tuman Moliya boʻlimi rahbarlari axborotlarida tumanda soliq tushumlarining oʻz vaqtida undirilayotgani, prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi, pandemiya davrida tadbirkorlik subʼektlari uchun berilgan soliq imtiyozlarining amalda qoʻllanilishi hamda byudjetning barqarorligini taʼminlash, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha rezervlarini shakllantirish va daromadlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berishdi.

Yigʻilish kun tartibidagi soʻnggi masala – tumanda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini oʻrganish, ijtimoiy holatini yaxshilash va farovonligini oshirish, kambagʻallik toifasidan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi Maʼmurjon Temirboyevning axborotida bu borada olib borilayotgan samarali chora-tadbirlar sanab oʻtildi.

Sessiya kun tartibida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026