15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:08
Iqtisodiyot 👁 423

Senator Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Senator Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida koʻrsatilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va bu borada amaliy koʻmak koʻrsatish maqsadida Amudaryo tumaniga biriktirilgan masʼullar – Oliy Majlis Senati aʼzosi Bahodir Tajiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi raisi Zuhra Reimovalar tumanda boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi loyihalarning amalga oshirilishi bilan yaqindan tanishib, uyma uy yurish orqali aholi muammolarini oʻrganmoqdalar.

Maʼlumki, Senat Kengashining tegishli qaroriga muvofiq hududlarga biriktirilgan senatorlarga 2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish, hal etilmagan dolzarb muammolar roʻyxatini shakllantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar bilan tizimli ishlash mexanizmiga alohida eʼtibor qaratish, mavjud muammolarni muntazam tahlil qilib borish vazifalari topshirilgan.

23-noyabr kuni senator B.Tajiyev va Joʻqorgʻi Kenges qoʻmita raisi Z. Reimovalar tuman hokimi S.Yoʻldashev hamrohligida Oq oltin ovulidagi fuqaro Oʻrinboy Shomuratovning xonadonida boʻlib, oilaviy ahvoli bilan tanishdi. Fuqaro Oʻrinboy Shomuratov oilasidagi moddiy yetishmovchililar sababli uyini taʼmirlatishda amaliy yordam soʻrab tuman hokimligiga murojaat qilgan edi. Senatning qoʻmita raisi rahbarligidagi ishchi guruh oilaning ahvoli bilan tanishib, homiylarni jalb qilgan holda fuqaroning uyini taʼmirlatishda amaliy yordam berishini maʼlum qildi.

“2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori bilan 2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlangan edi. Ishchi guruh mazkur manzilli roʻyhatga “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligida chorvachilikni rivojlantirish loyihasi bilan tanishdi.

Toʻlqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi tomonidan chorvochilikni rivojlantirish loyihasi doirasida Niderlandiyadan 95 bosh zotdor chorva mollari olib kelingan. Yil yakuniga qadar yana 251 bosh molllar olib kelinishi rejalashtirilgan. Qiymati 9 mlrd. soʻmni tashkil etadigan mazkur loyiha tadbirkorning 1mlrd soʻmlik oʻz mablagʻi va bankning 8 mlrd. soʻmlik krediti hisobidan amalga oshiriladi. Loyiha ishga tushishi natijasida yana 10 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Fermer chorvachilik sohasida kata tajribaga ega. Birgina 2020-yilda chorva mollari nasldorligini yaxshilash, chetdan keltirilgan nasldor mollarni tumanimiz iqlim sharoitiga moslashtirish maqsadida mazkur fermer xoʻjaligida Qozogʻistondan 40 bosh zotli qoramollar keltirildi. Masʼullar kompleksda chorva qishlovini betalofat oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, senator va deputatlar investitsiya loyihalarning manzilli roʻyxatiga kiritilgan “Erkin Rasulov asalchi” fermer xoʻjaligi tomonidan amalga oshirilayotgan parrandachilikni rivojlantirish hamda sovutgichli sigʻim tashkil etish loyihasi bilan ham tanishdilar. Qiymati 500 mln soʻm boʻlgan mazkur loyiha tadbirkorning 280 mln. soʻm mablagʻi hamda 220 mln. soʻm bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda. Sovitgichli sigʻim 2020-yil dekabr oyi yakuniga qadar ishga tushiriladi. Loyiha ishga tushishi natijasida 10 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining narxi qish faslida ham barqaror boʻlishiga zamin yaratiladi.

Fermer Erkin Rasulov parrandachilik sohasi bilan bir necha yillardan beri shugʻullanib keladi. Mehmonlarga mazkur fermer xoʻjaligi misolida Amudaryo tumanida parrandachilikni rivojlantirish, bozorlarimizni tuxum va tovuq goʻshti bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Aytish kerakki, Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 1 359 ta, Amudaryo tumani boʻyicha 77 ta loyihalar kiritilgan boʻlib, ularni amalga oshirishning aniq muddatlari, loyihalarni moliyalashtirish manbalari belgilab qoʻyilgan. Senator B.Tajiyev mazkur loyihalarni belgilangan muddatlarda toʻliq amalga oshirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish va aholining turmush farovonligini yanada yaxshilashga zamin yaratishni taʼkidlab, bu boradagi ishlar maxsus shtab tomonidan muvofiqlashtirilib, yuzaga kelgan muammolar oʻz vaqtida hal qilib borilishini qayd etib oʻtdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026