KUZGI BUĞDOY SIFATLI PARVARIŞ QILINMOQDA
Mamlakatimizda boşoqli don ekinlari hosildorligini oşirişda agrotexnologiyaning ilğor usullarini qöllaş bilan bir qatorda ğalla yetiştiruvçilarni rağbatlantiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tufayli don mahsulotlari yetiştiriş hajmi yil sayin oşirilişiga erişilmoqda. Bunda yerlarning ekişga sifatli tayyorlanişi, uruğlikning belgilangan muddatlarda ekilişi, mineral öğitlarning meʼyorida sarflanişi ham muhim omil bölmoqda.
Qaratilayotgan eʼtibor, ğalla ekilgan maydonlarda yuqori hosil yetiştirgan fermer xöjaliklariga davlat xaridi uçun yetkazib berilgan don xarid narxiga 25 foizgaça ustama narx qöllanilayotganligi tufayli ğallaçilik yuqori daromadli sohaga aylanmoqda. Natijada tumanimiz fermer xöjaliklari ijaraçilari ham boşoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetiştirişga intilmoqdalar.
Örta qalʼa ovulidagi köptarmoqli Gulmurod Boboniyozov rahbarlik qilayotgan “Yergulobod” fermer xöjaligining paxtaçilik, baliqçilik, çorvaçilikdan taşqari 13 gektar ğalla maydoni ham mavjud. Hozir uşbu maydonlarga ekilgan buğdoy uruğlari bir tekis unib çiqib, yaşil gilam tusiga kirgan. Ekiş barobarida har gektar hisobiga 200 kilogrammdan fosfor mineral öğiti berilganligi tufayli buğdoy nihollari yaxşi rivojlanayapti.
2020-yil hosili uçun ekilgan 12 gektar ğalla maydonidan ötgan mavsumda davlat xaridi uçun 36 tonna “qirmizi” don topşirilgan, jami hosildorlik 45 tsentnerdan oşişiga erişilgan edi. Ğallaçilikdan kelgan daromad tufayli xöjalik işçilarining ham, xöjalikning ham iqtisodi yuksaldi.
Tumanimizda xalqimizning rizq-rözi bölgan ğalla yetiştirişga masʼuliyat bilan yondoşib, ekin maydonlaridan samarali foydalanayotgan fermer xöjaliklari köp. Qiliçboy ovulida faoliyat yuritayotgan Otaxon Qurboniyozov rahbarligidagi “Amirxon” fermer xöjaligi şularning biri hisoblanadi. Ötgan yili ğallaçilikdan möl daromad olingan uşbu xöjalikda joriy yilda 118 gektar paxta maydonidan paxta topşiriş yillik kontraktatsiya şartnomasi ortiği bilan ado etildi. Tumanda birinçilar qatorida paxta topşiriş yillik rejasini bajargan azamatlar 11 gektar yerga 2021-yil hosili uçun ğalla ekib, tekis nihol olişga ham erişdilar. Hozir uşbu maydonlarda buğdoy maysalari yam-yaşil bölib, közni quvontirib turibdi.
Eʼtiborli jihati, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Ğalla yetiştiriş, xarid qiliş va sotişga bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq şu yildan boşlab, davlat buyurtmasi asosida boşoqli don yetiştiriş amaliyotining bosqiçma-bosqiç bekor qilinayotganligi, ğalla xarid qiliş va sotişda bozor tamoyillarini keng joriy etiş nazarda tutilayotganligi, dehqonlarning mehnat unumdorligini oşiriş va manfaatdorligini taʼminlaşga eʼtibor qaratilayotganligi ğallaçilikni daromadli sohaga aylantirişga asos bölayotir.
Natijada – hozirgi kunda tumanimizning barça fermer xöjaliklarida ham ğalla ekilgan maydonlarda tekis nihol olişga erişilib, parvarişlaş agrotexnika qoidalari asosida olib borilayapti. Amalga oşirilayotgan bu kabi samarali çora-tadbirlar 2021-yilda ğalla maydonlari hosildorligi yuqori bölişiga zamin yaratadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶