9-aprel - Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Konstitutsiya - OBOD TURMUŞ ASOSI
Özbekiston Respublikasi mustaqilikka erişganidan keyin Qoraqalpoğiston ham
Özbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan suveren demokratik Respublika deb eʼlon qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 9-aprel
kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining 12-sessiyasida qabul qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga köra,
Qoraqalpoğiston Respublikasi özining
maʼmuriy-hududiy tuzilişi masalalarini mustaqid hal qiladi, davlat hokimiyati va
boşqaruv organlarining tizimini belgilaydi, Özbekiston Respublikasi siyosatiga mos siyosatni olib
boradi.
Konstitutsiyaning 5-moddasida körsatilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan öz
ramzlari, bayroği va madhiyasiga ega.
Konstitutsiyaning ikkinçi bölimi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari, burç va majburiyatlari töğrisida bölib, jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy
nazar qonun oldida tengdir deb körsatilgan.
Konstitutsiyaning yana bitta muhim hususiyatlaridan biri, huquqiy va siyosiy
tafakkurning eng yuksak yutuqlarini xozirgi zamon Konstitutsiyaviy ilmini özida mujassam
etib, qoraqalpoq xalqi madaniyati va milliy anʼanalarining çuqur ildizlariga
suyanganligidir, qolaversa, qoraqalpoq xalqining azaldan, asrlar davomida orzu
qilib kelgan öz taqdirini özi belgilaş huquqining mukammal ravişda ifoda
etilganligidir.
Özbekiston Respublikasida yagona fuqarolikning örnatilişiga muvofiq
Qoraqalpoğiston Respublikasining har bir
fuqarosi Özbekiston Respublikasining fuqarosi bölib hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7-, 8-, 9- va 10-boblari fuqarolarning şaxsiy huquq va
erkinliklari töğrisida bayon qilingan moddalarni öz içiga oladi.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari ham Konstitutsiyaning alohida moddalari bilan
belgalab qöyilgan, yaʼni Qoraqalpoğiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita öz
vakillari orqali iştirok etiş, saylaş va saylaniş, kasaba uyuşmalariga,
siyosiy partiyalarga, jamoat
birlaşmalariga uyuşiş, qonunlarda belgilangan tartibda namoyişlar ötkaziş,
davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va
şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqlariga ham egadirlar.
Şuningdek, fuqarolarga şaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar
berilişi bilan birga ularning burç va majburiyatlari ham Konstitutsiyada öz aksini
topgan, yaʼni fuqarolar qonunlarga rioya qilişga, boşqa kişilarning huquqlari, erkinliklari,
şaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilişga, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqining tarixiy, maʼnaviy va
madaniy merosini avaylab-asraşga,
madaniy yodgorliklarni muhofaza qilişga, tabiatni qöriqlaşga va ehtiyotkorona
munosabatda bölişga majburdilar.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan tartibda soliqlar va mahalliy yiğimlarni
tölaşga, harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga ham majburdirlar.
Bugungi kunda Konstitutsiya jamiyatimizga xalq manfaatlari yölidagi
islohotlarni davom ettiriş uçun şart-şaroitlarni vujudga keltirib, huquqiy
asoslar yaratmoqda.
Konstitutsiya inson huquqlarini, barqarorlikni va har bir oilaning munosib
hayot keçirişida barça fuqarolarga işonçli va istiqbolli yölni belgilab
bermoqda.
Fursatdan foydalanib, barçani Konstitutsiya kuni bayrami bilan qizğin
muborakbod etaman.
P.MATÇANOVA,
1-sonli tuman davlat notarial idorasi notariusi, II darajali
huquqşunos.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶