15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 15:00
Iqtisodiyot 👁 584

ENG ULUGʻ, ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA YaNGI INShOOTLAR FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

ENG ULUGʻ, ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA YaNGI INShOOTLAR FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Xalqimiz eng ulugʻ, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligini qarshi olmoqda. Garchi bayramga bagʻishlangan ommaviy sayillar, koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilmayotgan boʻlsa-da, har bir fuqaroning  koʻnglida shunday dorilomon kunlarga yetganiga, oʻz erki, inon-ixtiyori oʻz qoʻlida, ozod va farovon yashayotganidan faxr-iftixor, shukronalik hukmron, odamlar sogʻligiga  tahlika solib turgan koronavirus pandemiyasi tezroq bartaraf etilishini, yurtimizda yana bexavotir, tinch hayot tarzi barqaror boʻlishini tilab duo qilmoqdalar.

Xalqimiz azal-azaldan qutlugʻ kunlar, muhim sanalarni oʻziga xos tadoriklar bilan qarshi olishgan. Joriy yilda ham bu umrboqiy anʼanaga amal qilinmoqda va quvonchli voqealarga guvoh boʻlayapmiz.

Bayram arafasida Mangʻit shahri markazida tadbirkorlar tomonidan shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshadigan, muhtasham, uch qavatli zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

28-avgust kuni bino ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni, tumanimiz xalqini mustaqillikning 29 yilligi hamda bayram arafasida shunday koʻrkam va barcha qulayliklarga ega savdo, xizmat koʻrsatish majmuasining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan qizgʻin qutladi.

“Amu-Mangʻit shirinliklari”, “Boyovul poyafzali” va “Mangʻit raduga savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan qurilgan ushbu binolarga jami 4 mlrd. soʻmlikdan koʻproq mablagʻ sarflangan.

Bugungi kunda ushbu obʼektlarda oʻndan ortiq yoʻnalishdagi savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari, yaʼni supermarket, kafe, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy texnika, telefon, mebel, gilam, velosiped va bolalar oʻyinchoqlari doʻkonlari, “Mikrokreditbank”ning shoxobchasi va stomatologiya markazi hamda boshqa savdo nuqtalari joylashtirildi. Binoning foydalanishga topshirilishi bilan 30 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda binoning faqat birinchi va ikkinchi qavati ishga tushirildi, uchinchi qavati ham foydalanishga topshirilib, bino toʻliq quvvatda ish boshlasa, ellikdan ortiq yurtdoshlarimiz ish bilan taʼminlanadi.

Qolaversa, ushbu zamonaviy bino oʻzining tashqi koʻrinishi bilan Mangʻit shahrining koʻrkiga koʻrk qoʻshib, tumanimiz ahli va mehmonlarga shinam xonalarda sifatli savdo xizmati va maishiy xizmat koʻrsatish imkonini beradi.

Bino ochilish marosimiga yigʻilganlar mazkur binolarda yangi ish boshlayotgan va faoliyatini davom ettirayotgan tadbirkorlarimizning ishlariga rivoj tiladilar, quruvchilarimizga ham bunday zamonaviy koʻrinishdagi muhtasham imoratni qisqa fursatda qurib, foydalanishga topshirgani uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ishonamizki, bu yerda koʻrsatilayotgan xizmatlar, sotilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xaridorlarga maʼqul boʻladi hamda tumanimizda savdo va xizmat koʻrsatish sohalari yanada rivojlanib, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga, xalqimiz farovonligiga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi. 

Shuningdek, bayram arafasida Nazarxon ovulida “Asilbek” oilaviy korxonasiga qarashli oziq-ovqat doʻkoni, Toshqaʼla mahallasida tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish shoxobchasi, Bogʻ mahallasida Ulugʻbek Otajonovning xususiy oziq-ovqat doʻkoni, Oʻrta qalʼa ovulida “Toʻlqin Rustam” oilaviy korxonasiga qarashli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi, Xizr eli mahallasida yakka tadbirkor Baxtiyor Sobirovning xususiy oziq-ovqat doʻkoni, Uyshin mahallasida Nurullaboy Xidirovning davlat xususiy sheriklik asosidagi 50-oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkiloti, Qilichboyda “Bahromboyev Elmurod” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi, Beshovul mahallasida mini futbol maydonchasi ham foydalanishga topshiriladi.

Buningdek, bunyodkorliklar, yangilanishlar tumanimizda aholi turmush sifati yanada oshishiga xizmat qiladi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026