Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 12-sessiyasi töğrisida AXBOROT
Joriy yilning 19-avgust sanasida tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining navbatdagi 12-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Sessiya işini tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi hamda olib bordi.
Sessiya kun tartibida qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, kun tartibidagi dastlabki masala tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliğining karantin talablari bosqiçma-bosqiç yumşatib borilişi munosabati bilan fuqarolar sanitariya talablariga qatʼiy rioya etişlari zarurligi, aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamining öz vaqtida yuqori va sifatli körsatilişi yuzasidan tuman aholisiga murojaati tinglandi.
Murojaatda keltirilganidek, ötgan oylar davomida tumanimizda koronavirus infektsiyasi bilan boğliq epidemiyalogik vaziyatni yumşatiş, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş va davolaş joylarini kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlaş hamda birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalarining iş faoliyatini yaxşilaş böyiça bir qator işlar amalga oşirilmoqda. Tumanda infektsiyadan zararlangan bemorlarning davolanişi uçun 100-örinli bölimlar taşkil qilinib, zarur dori-darmon, asbob-uskunlari, tibbiyot xodimlari bilan töliq taʼminlandi. Şuningdek, tumanimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni oşib ketgan holatda, bemorlarga tegişli tibbiy yordam körsatiş uçun qöşimça 150-örinli karantin muassasasi taşkil etilgan. Xalqimizga sifatli va tez tibbiy yordam körsatiş maqsadida 15 dona tez tibbiy xizmat körsatiş avtomaşinalari hamda COVID-19 belgilari bölgan fuqarolarni maxsus şifoxonalarga yotqiziş böyiça 13 ta mobil guruh iş olib bormoqda.

Murojaat sönggida joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilişlari kerakligi aholi örtasida doimiy ravişda tarğib qilib borilişi lozimligi hamda pandemiyani yengişga barça birdek hissa qöşişi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi boşliğining hisobotida taʼkidlanganidek, tumanda siyosiy-ijtimoiy muhitni barqarorlaştiriş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, huquq-tartibot hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, diniy ekstremizm va uning turli körinişlariga qarşi kuraş borasida samarali işlar qilinmoqda.
Tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan davlat organlari, jamoat taşkilotlari bilan birgalikda notinç va muammoli oilalarni aniqlaş, maʼnaviy-axloqiy muhitni soğlomlaştiriş, nizoli holatlarning oldini oliş, oilaviy munosabatlarni hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisidagi masala – kun tartibidagi navbatdagi masala bölib, u xususda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari söz yuritdi.
Hisobotda keltirilişiça, tumanda xotin-qizlar örtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida, birinçi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bölgan 17 nafar ayol-qizlar, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan 2 nafar xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslaşişi böyiça yakka tartibda iş olib borilgan. Şu davrga qadar çet davlatlarga çiqib ketgan ayol-qizlarning 296 nafari qaytib kelgan bölib, ulardan 143 nafarining bandligi taʼminlangan. Şuningdek, bölim mutasaddilari tomonidan Içki işlar bölimining röyxatiga olingan 15 ta oila bilan tuşuntiriş işlari hamda yakka suhbatlar ötkazilgan. Natijada uşbu oilalar aʼzolari murosaga keltirilgan, 9 tasining notinçligiga barham berilgan. Bölim xodimlarining samaralali faoliyati tufayli tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan 52 ta oilalarning 36 tasi yaraştirilgan.

Sessiya majlisida şundan söng, navbatdagi – tumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasiga doir qabul qilingan Farmon va Qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi xususidagi masala muhokamasiga ötildi. Uşbu masala yuzasidan tuman hokimi örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliğining hisoboti tinglandi.
Hokim örinbosari öz hisobotida tumanda investorlarni jalb qiliş, investorlar uçun yaratilayotgan qulay şaroitlar hamda investitsiya loyihalarini amaliyotga tadbiq qiliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar, investitsiya dasturlarining bajariliş holati, töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini yetkazib beriş borasida amalga oşirilgan çora-tadbirlar xususida söz yuritdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar muhokama qilinib, körib çiqildi hamda tegişli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶