ŞAXMAT BÖYIÇA ONLAYN MUSOBAQA ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sportçilar hayotiga ham özining salbiy taʼsirini ötkazmoqda, sport tögaraklari faoliyati vaqtinça töxtatilib, musobaqalar, sportçilarning iqtidorini, salohiyatini sinovdan ötkazuvçi bellaşuvlar ötkazilmadi.
Yaqinda – 6-avgust kuni qoraqalpoğistonlik şaxmatçilar uçun quvonçli voqea böldi: yaʼni köpdan beri raqiblari bilan dona surişni soğinib qolgan iqtidorli, nomdor, katta yoşdagi sportçilar örtasida Qoraqalpoğiston miqyosida onlayn musobaqa ötkazildi.
Musobaqada amudaryolik şaxmatçilar jamoasi ham muvaffaqiyatli iştirok etişdi. Uşbu jamoani Bolalar ösmirlar sport maktabi murabbiyi Rahmatjon Rahimov boşqarib bordi.
Musobaqada sport maktab tarbiyalanuvçilari Azimjon Rahimov, Jahongir Aminov, Alişer Rahimov, Oğabek Törayev, Uluğbek Rustamov, Zokirjon Rustamov, Tursunboy Rahimov, Ravşanbek Törayevlar öz mahoratlari işga solib, jamoa şarafini munosib himoya qilişdi.
Nurbek OTAXONOV, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶